"Real" himoyachisi bo'lajak o'yinlarda jamoaga yordam berolmaydi

Sherzod Nurmatov
4 oct 2024
"Real"ning asosiy o'yinchisi Eder Militao "qaymoqranglilar"ning navbatdagi o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.

Himoyachi oxirgi o'yinda jarohat oldi.



"The Athletic" xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi Franciyaning "Lill" jamoasiga (0:1) qarshi o'yindan so'ng sonida og'riq sezgan. Futbolchi tez orada tekshiruvdan o'tadi va jarohati darajasini bilib oladi.

Militao Madridda 2019 yildan beri o'ynab kelmoqda. Futbolchi bu vaqt ichida "Real" tarkibida 166 ta o'yin o'tkazgan. Futbolchi barcha turnirlarda 12 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Real" navbatdagi o'yinini La Ligada o'tkazadi – "qirollik klubi"ga "Vilyarreal" qarshilik qiladi. Uchrashuv 5 oktyabr kuni soat 00:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: The Athletic

Izohlar