"Real" - o'tgan mavsumda dunyoning eng ko'p daromad ko'rgan klubi

Sherzod Nurmatov
24 jan 2025
Deloitte auditorlik kompaniyasi 2023/24 yilgi mavsum yakunida eng ko'p daromad olgan futbol klublari reytingini taqdim etdi.

Birinchi o'rinni "Real" (1 045,5 milliard) egalladi, u daromadi 1 milliarddan oshgan birinchi futbol klubiga aylandi.

"Santyago Bernabeu" stadionida tamirlash ishlarining yakunlanishi o'tgan mavsumda o'yin kunidagi daromadning o'sishiga turtki bo'ldi, bu o'tgan yilga nisbatan 103 foizga ko'pdir. O'sish asosan 76 million evroga yaqin o'sishni taminlagan individual o'rindiqlar licenziyalarini sotish, shuningdek, yangi VIP-o'rindiqlarni pullash va 2023 yil dekabrida stadion sig'imini oshirish hisobiga erishildi.

Klub, shuningdek, savdo daromadining 20 foizga oshganini (403 million funtdan 482 million funtgacha) malum qildi, bunga atributlar savdosi va yangi homiylik mablag'lari yordam berdi.

Ikkinchi o'rinda "Manchester Siti" (837,8 million). Ikki kuchli klub o'rtasidagi 207,7 million evrolik tafovut tarixdagi eng katta ko'rsatkichdir (avvalgi ko'rsatkich 2018/19 yilgi mavsumda qayd etilgan 84 million evro edi).

Kuchli o'nlik quyidagi ko'rinishda: 

1. "Real" (1 045,5 mlrd)

2. "Manchester Siti" (837,8 mln)

3. PSJ (805,9 mln)

4. "Manchester Yunayted" (770,6 mln)

5. "Bavariya" (765,4 mln)

6. "Barselona" (760,3 mln)

7. "Arsenal" (London) (716,5 mln)

8. "Liverpul" (714,7 mln)

9. "Tottenxem" (615 mln)

10. "Chelsi" (545,5 mln)


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Deloitte

Izohlar

Sardorbek..
24 jan
Real xar tomonlama dunyoni N1 jamoasi
Malik Xudoynazarov
24 jan
Chunki bu Real Madrid
Abdurahmon Irgashev
24 jan
5-1 гап бойликдамас..хуррам бўмаларин
Jamshid Tursunov
24 jan
Qoyil Real qanday ishlashni biladi
Абдурахмон Вахобов
24 jan
Чунки РЕАЛда хамма нарса тугри йулга куйилган.