"Real Sosedad" matbuot kotibi Fayzullaevga bo'lgan qiziqish haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Sherzod Nurmatov
4 dec 2024
"Real Sosedad" matbuot kotibi Xon Ander Munduate Moskvaning CSKA futbolchisi Abbos Fayzullaevning Ispaniya jamoasiga transfer qilinishi haqidagi malumotga izoh berdi.

Avvalroq San-Sebastyan klubining o'zbekistonlik yarim himoyachiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.  

"Sport direktorimiz joriy mavsum oxirida klubni tark etadi, shuning uchun menda "Real Sosedad"ning transferlari haqida hech qanday malumot yo'q", – dedi Munduate.

Fayzullaev joriy mavsum barcha turnirlarda 22 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: bobsoccer.ru

Izohlar

fc Surxon
4 dec 2024
Abbos ispaniyada o'ynab ketaoladi
vueLtax7
4 dec 2024
Bu narsa bir reklama bulishi mumkin lekin Monako sal jiddiyroq qiziqgan bulsa kerak Monako klubi aksiyadorlaridan biri rus bulishi kerak . Lekin shu Monakoni qiziqishi tufayli ham boshqa jamoalar qiziqishi boshlanadi
Nod34 34
4 dec 2024
Oyligi ancha kamakan Abbosni
Davronbek Abduvaliev
4 dec 2024
Аббосни ўрни европа кучли бешлик клубларидан бирида.
Davronbek Abduvaliev
4 dec 2024
Аббосни ўрни европа кучли бешлик клубларидан бирида.