"Real" uchta transferni amalga oshiradi

Sherzod Nurmatov
18 apr 2025
COPE nashrining xabar berishicha, "Real" yozda tarkibini kuchaytirish maqsadida bir nechta nomzodlarni ko'zdan kechirmoqda.

Himoyaga nomzodlardan biri – allaqachon shartnoma imzolagan Trent Aleksander-Arnold bo'lib, u o'ng qanotdagi joy uchun Dani Karvaxal bilan bellashadi. Chap qanot uchun "Real" boshqa variantlarni ko'rib chiqadi, chunki hozirda jarohatdagi Ferlan Mendining klubdagi kelajagi nomalum qolmoqda.

Bundan tashqari, "Real" markaziy chiziqni kuchaytirish uchun yarim himoyachi izlamoqda va hujumchi sotib olishni ham mo'ljallamoqda. Hujum chizig'idagi o'zgarishlar yozda klubni kim tark etishiga bog'liq bo'ladi, ammo hujumni kuchaytirish uchun yangi futbolchi jalb qilinishi ham mumkin.

Katta ehtimol bilan Karlo Anchelotti 26 aprel kuni Ispaniya Kubogi finalidan so'ng "Real"ni tark etadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: COPE

Izohlar

Aliakbar RM
18 apr
Vrits va bitta bosh blan o'ynedigan tushb kuchaytiradigan. Zahirada o'trishga xam rozi heselo ga o'xshagan o'ynchi kere o'zi uni bekor qoyb yuboribdi
Shahboz4
18 apr
Трент Александер-Арнольд билан яна 1 та химоячи олади олса бўлди
Farhod Raufov
18 apr
Rodrigoni Hollandga alishtirish kerak! Mbappe ni oʼng qanotga utkazish kerak! Rays Rodrini olib kelish kerak!
Fayzullo
18 apr
10 йил зур уйнаб 1 мавсум оксаклаб колеса сразу хайдеди пулни устига курилган жамоа оила садокат курмадим
Shahboz4
18 apr
- қўйлан биродаримиз футболни тушмайди шеклли кўрамиз нечт трансфер қиларкан