"Real" ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Sebalosni qaytarib oladi

Mirjalol Normatov
8 sep 2019
"Real" ushbu mavsum yakuniga qadar "Arsenal"da ijarada o'ynaydigan Dani Sebalosning kelajagi borasida bir qarorga keldi.

"Sportsmole" xabariga ko'ra, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres 23 yoshli futbolchini mavsum yakunlanganidan keyin qaytarib olishni istamoqda. Shu o'rinda "qirollik klubi" uni boshqa jamoaga berib ham yubormaydi va uni o'zining asosiy tarkibi uchun olib qoladi.

Sebalos 2017 yilda "Real"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda u APLning 4 o'yinida qatnashib, 2 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: Sportsmole

Izohlar

Fazliddin Usmonov
8 sep 2019
Real va Barsa uzida uynolmagan uyinchilari ijaraga beradi. Ijarada bu futbolchi zo'r uynidi. Kelasi mavsum qaytib olinadi va bu uyinchi esa o'tgan safargidan ham pastroq uynaydi. Shundan so'ng sotib yuboriladi. Keyin esa bu futbolchi yo'qalib ketadi.
Navruz886
8 sep 2019
Bulada shunaqa, joyi kelsa özidayam öynatmaydi, boshqagayam bermaydi, qöyib ber öyinchini öziga 2-3 mavsum, öyini ochildi Realdan ketib Arsenalda
Navruz886
8 sep 2019
Bulada shunaqa, joyi kelsa özidayam öynatmaydi, boshqagayam bermaydi, qöyib ber öyinchini öziga 2-3 mavsum, öyini ochildi Realdan ketib Arsenalda
ELCAPITANО
8 sep 2019
Ajoyib habar Morata Asensio Karvahal Kazemiro yana koplab oyinchilar boshqa klubda tajriba toplab asosiysi duhini kotarib qaytishgan bu ham Arsenalda yahshi oynayabdi Realga Qaytsa asosiy tarkibga kirish uchun imkoniyatlari oshadi