Real va Yuventus Glen Jonsonga qiziqishmoqda

Narzulla Saydullayev
9 sep 2014
Liverpul himoyachisi Glen Jonson Real va Yuventus klublari qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Turin klubi 30 yoshli inglizni Shtefan Lixtshtaynerga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda, deb xabar bermoqda Tuttosport nashri.

Jonsonning Liverpul bilan shartnomasi 2015 yilda tugaydi, shu bois yanvar oyida boshqa klubga o'tishi mumkin.

Agar Jonsonning o'tishi amalga oshmasa, Yuventus Daniela Alves (Barselona) yoki Inyacio Abate (Milan) kabi futbolchilardan birini sotib oladi.

Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: sports.ru

Izohlar