Roma etakchisi uchun mavsum yakunlandi

Khoja
21 mar 2025
Avvalroq bir oyga safdan chiqqan deb elon qilingan Paulo Dibalaning jarohati ancha jiddiy bo'lib chiqdi.

Roma etakchisi operaciya qilinadi. Endi futbolchi safga qaytishi uchun kamida 3 oy kerak bo'lishi malum qilindi. Shu tariqa, Dibala uchun mavsum yakunlandi.

Malumot uchun, Dibala joriy mavsum 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 8 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: romapress.net

Izohlar

abdimobile Abdimobilevich
21 mar
Birovning baxtsizligidan baxtli emasman, ammo bu noxush voqea qaysidir ma'noda Eldor uchun zo'r imkoniyat!
Abdulaziz Jalilov
21 mar
Shu O'zbekistonda ayrim odamlar "issiq-sovuq" va "sehr" kabi futbolchilarimiz foydasiga ishlar bilan shug'ullanishmoqda nazarimda. Buni faqat Shomurodov misolida emas, balki Khusanovning Man Cityga transferi misolida aytish mumkin. Ya'ni hamyurtimiz shaharliklar safiga kelib qo'shilguniga qadar jamoa markaziy himoyachilar yaxshi holatda edi nazarimda, keyin Khusanovning raqobatni yengib o'tishi va zaxirada qolib ketish ehtimolligi yuqori deb baholanayotgan vaqtda negadir Ake, Akanji, Stounz, Dias kabi markazda harakat qiladiganlar galma-galdan jarohat olib chiqib ketishdi. Bu Abduqodir uchun qilingan yaxshi niyatmi yoki uning raqobatchisilari uchun qilingan "sehr"mi? To'g'risi bilolmadim. Agar yuqoridagi gap bo'lmasa, bu juda katta tasodif bo'lishi mumkin*