Roma La Ligadan yana bir hujumchini olib kelmoqchi

Khoja
21 mar 2025
Roma yozda hujum chizig'ini kuchaytirish uchun La Ligadan yana bir hujumchi olib kelmoqchi.

Bo'rilar Sevilya hujumchisi Isaak Romero bilan shartnoma tuzishni reja qilishgan.

Ispaniya klubi o'z navbatida hujumchisini yaxshi taklif bo'lgan taqdirda sotib yuborishga tayyor.

25 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarket hujumchini 15 million evroga baholamoqda.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: romapress.net

Izohlar

Buxoro Bexruz
21 mar
Shomurodovni ahvolini koʻrdizlar kecha. Lapashang Taxtadek qotma himoyachi bilan yakka kurashlarda umuman oʻynay olmaydi. Shomurodovni oʻrniga 2- taymda Boburni tushirish kerak edi kecha
vueLtax7
21 mar
Menimcha bundan SHomurodov zor
vueLtax7
21 mar
Shomurodov Romada 28 ta uyinda 5+3 natijasini qayd etayabdi ayni paytda
vueLtax7
21 mar
Artem Dobvyk esa 38 ta uyinda 15+4 natijasi