Ro'ziqul Berdiev: "Chempionatda hech qanday maqsad qolmagan"

Mirjalol Normatov
22 nov 2024
Superliganing 25-turi doirasida "Neftchi" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.




- Qizil kartochkaga qadar barchasi reja asosida ketayotgandi. Shundan keyin ko'p narsa o'zgarib ketdi. Bu orqali tashabbus maydon egalariga o'tib ketdi. Ular vaziyatlaridan unumli foydalandi. Ikkinchi bo'lim boshidagi xatodan keyin "Neftchi"ning maqsadi engillashdi. Bir kishi kam bo'lib 80 daqiqa o'ynash istalgan jamoa uchun og'irlik qiladi. Shunga qaramay biz qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Qarshi hujumlarda o'z vaziyatlarimizni kutdik, lekin bularni golga aylantira olmadik. Raqiblarni g'alaba bilan tabriklayman. Mavsum yakuni bo'lishiga qaramasdan ikkala jamoa ham yaxshi o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman.

- Yaqinda Samvel Babayan o'z intervyusida agarda "Navbahor"da ishlaganimda "Nasaf"ga chempionlikni osonlikcha bermasdim, deb aytdi yoki chempion bo'lganida ham osonlikcha qo'lga kiritmasdi deb takidladi. Samvel Babayanning gaplariga qanday reakciya qildingiz?

- To'g'risi, bu gaplarni eshitmadim. Sizdan eshityapman. Bu gaplarni muhokama qilmoqchi emasman. Menimcha "Navbahor" birinchi davradagidan ko'ra, hozirgi murabbiy bilan yaxshiroq futbol o'ynayapti. U Kubok finaliga jamoani olib chiqdi, ruhan qiyin holatda jamoada ishladi. Eski murabbiylar ketgan vaqtida "Navbahor" pastroqda edi.

- Chempionlik bilan tabriklayman. Milliy terma jamoaga bosh murabbiy bo'lsangiz, "Nasaf"ga o'xshagan jamoa tuza olasizmi?

- Bugungi o'yindan ancha chetga chiqib ketyapmiz. Avvaliga Samvel Babayan, endi terma jamoa. Milliy jamoamiz yaxshi natija ko'rsatmoqda. Bu tarkib bilan termamiz jahon chempionatiga chiqadi. Bunga ishonaman. Murabbiy sifatida men uchun klubda ishlash osonroq. Chunki har kun futbolchilar bilan bo'lasiz va qarashlaringizni singdirishingiz oson. Bu muhokama qilinmaydi, terma jamoa haqida gaplashmoqchi emasman. Hozir termaga borib, bunday jamoa tuzishga qurbim ham etmaydi. Termamizga ishonaman, ularni doim qo'llab-quvvatlaymiz. Yaxshi o'yin ko'rsatishyapti. Hozirgi holat ham yomon emas. Barchasi o'z qo'limizda. Kechirasizlar, terma jamoa va Samvel Babayan haqida gaplashmaylik. Ishtiyoq haqida gapirdingiz. Superkubokni qo'lga kiritdik. Chempionlikka katta maqsad qo'ydik. Asosiy etiborimiz shu edi. Masalan, uchta kubokni olib, OCHLda guruhdan chiqa olmasak ham hech kim bizga hech nima demasdi. Chunki maqsad chempionlik bo'lgandi. Chempion bo'lgandan keyin futbolchida pasayish bo'ladi. Bu tabiiy holat. Hamma sohada bor bu. Undan tashqari, bugungi o'yinda biz ayrim futbolchilarga ha imkoniyat berdik. Xursandmiz, kimlargadir imkoniyat, tajriba beryapmiz. Bu o'yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik va tarkibni ham aniqlab olgandik. 

- Tarkibda 2004-2005 yilda tug'ilgan futbolchilarning borligi bizni quvontiradi. "Nasaf"da hali kashf qilinishi kerak bo'lgan futbolchilar bormi? Yosh iqtidorlar "Nasaf"da qoladimi yoki kattaroq jamoalarga berib yuboriladimi?

- Hali "Metallurg" bilan o'yinmiz bor. O'sha uchrashuvda ham yoshlarga imkoniyat beramiz. Lekin 27 noyabr kungi o'yinga jiddiy yondashamiz. Kichik imkoniyat uchun ham kurashamiz. Chempionat o'yinlarida bizga hech nima kerak emas. Bunday paytda kimlarnidir ko'rib olishimiz kerak bo'ladi.

- "Nasaf"ga kelgan legionerlar qanchalik o'zini oqladi? Kelasi yili tarkibda yangilar bo'ladimi?

- Legionerlar orqali ichki raqobatni kuchaytirishimiz kerak edi. O'tgan safar aytgandim, legionerning olib kelinishi qaysidir mahalliy futbolchiga tasir qiladi. Biz asosiy  maqsadimizga erishdik. Endi qaysidir futbolchilarga rahmat aytamiz. O'zgarishlar bo'lishi esa aniq. Chunki klub rejalarida kelasi yili ham yaxshi jamoa shakllantirish bor.

- Sizningcha chempionat qanday o'tdi?

- Chempionatimizda yaxshi jamoalar ko'proq bo'ldi. O'rtadagi jamoalarni olsangiz "Dinamo" yoki "Surxon" jamoalari ham peshqadamlarga muammolar tug'dirdi. Turnir jadvalining pastki o'rinlaridagi jamoalar bilan o'yinda ochko yo'qotgan paytlarimiz ham bo'ldi. Bu esa jamoalar kuchayayotganidan dalolat. Oldinlari tushib ketadigan va etakchi jamoalar tezda ajralib qolardi. Lekin hozir 2-o'rin uchun 5ta jamoa davogarlik qildi. Tushib ketmaslik uchun ham 4ta jamoa kurashmoqda. Bu esa raqobatbardosh jamoalarning ko'paygani va chempionatimiz saviyasi oshganidan dalolat. Bu mening fikrim.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Abror_Tursunov
22 nov 2024
Maqsad soqqa .
Rasul Matkarimov
22 nov 2024
Babacarlo otdan tushsa xam egardan tushmas ekanda kasalni boxona qilib qolidan xech narsa kelmasligini bilib tuyoqni shiqqilatti Tullak
Farrux Eshboboyev
22 nov 2024
Tuğrida chempion bulgandan keyin,xohlagan ishini qiladi. Xohlasa 18 yoshlilarni tushirsin. Legyanerlar masalasi oğir.zuriga kup pul kerak. Oddiyroği bizga kerak emas. 10 legyanerdan 1 saviyali kelishi mumkin.eron,arman,gruzin,Serbiya lar bizni chempionatiga mosroq . Brazil argintinaliklar nasafga yordami tegmadi hisob. Lima ozroq harakat qildi,lekin bu kam.
Farrux Eshboboyev
22 nov 2024
Tuğrida chempion bulgandan keyin,xohlagan ishini qiladi. Xohlasa 18 yoshlilarni tushirsin. Legyanerlar masalasi oğir.zuriga kup pul kerak. Oddiyroği bizga kerak emas. 10 legyanerdan 1 saviyali kelishi mumkin.eron,arman,gruzin,Serbiya lar bizni chempionatiga mosroq . Brazil argintinaliklar nasafga yordami tegmadi hisob. Lima ozroq harakat qildi,lekin bu kam.
Xan
22 nov 2024
хаа...тушинарли,демак металургаям ютказарканмизда, чемпион булган жамоа чемпионларга хос уйин курсатиши керакмасми? масалан пахтакорам мудатидан олдин чемпион буларди но чемпионликни кулга керитгач уйини ташлаб юбормасдию,чемпион булгандан кейин наоборот босимсиз уйнаб бази жамоаларни бир оекда уйнаб осонлик билан ютиб ташларди,Рузи жура сандан илтимос келаси йили Насаф билан шартнома килма,узингни бошка жамоадаям синаб кургин,яхширок мурабий олиб келишса бизам Насафимиз ижросида Бахром Хакимов Анотолий Демяненко пайтлардаги Насафга ухшаш Насафни уйинларини курайлик, Насаф очко керак булсаям керак булмасаям Насафга ухшаб уйнаши керак,латага ухшаб уйнайдиган Насаф сизга керакдир но бизга керак эмас