Forvard "Nyukasl"ga qarshi bahsdagi dubli tufayli ushbu natijaga erishdi.
Misrlik bir klub safida APLda 150+ gol urgan beshinchi futbolchi bo'ldi. Salohdan avval ushbu natijaga Xarri Keyn ("Tottenxem"), Serxio Aguero ("Manchester Siti"), Ueyn Runi ("Manchester Yunayted") va Terri Anri ("Arsenal") erishishgan.
Muhammad Saloh chempionatda 150ta gollik chiziqdan o'tgan "qizillar"ning beshinchi vakiliga aylandi. Misrlikdan yuqoriroqda Rojer Xant (244ta gol), Gordon Xojson (233), Ian Rash (229) va Billi Lidellar (215) bor.
Izohlar