Saudiya Arabistonidan bo'lgan futbolchi evrokubokda ilk bor gol urdi

Sherzod Nurmatov
13 dec 2024
"Roma" himoyachisi Saud Abdulhamid 12 dekabr kuni Evropa Ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasida "Braga"ga qarshi uchrashuvda (3:0) to'p kiritdi.

Bu gol Saudiya Arabistoni uchun ahamiyatli bo'ldi, chunki u mamlakatning evrokubokda gol urgan birinchi futbolchisidir. 

So'nggi yillarda Saudiya Arabistoni futboli rivojlanib bormoqda: ular infratuzilmani rivojlantirmoqda, Evropadan jahon darajasidagi o'yinchilarni xarid qilmoqda va umuman, bu sport turiga katta miqdorda mablag' tikmoqda. Va bu yutuq ana shunday rivojlanishning dastlabki natijalaridan biri edi.

Italiyaliklar yozda Saud Abdilhamidni "Al Hilol"dan 2,5 mln evroga sotib oldi. U "Roma" safida 5 o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, FIFA yaqinda 2034 yilgi Jahon chempionati Saudiya Arabistonida o'tkazilishini rasman elon qilgan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Arab News

Izohlar

Fc Milan20
13 dec 2024
Kecha Romadagilar Braga ustidan g'alabadan ko'ra Saudni gol urganiga hursand bo'lib yotishipti. Roma rasmiy sahifasida hamma joyda Saud Abdulhamid. Bo'riboyvachcha orqali klubga Saudiya Arabistoni homiylik qilishidan umidvor shekilli. Lekin Ranyeri kelganidan keyin Roma ancha kuchayib qoldi. Yaqin orada o'z o'rniga qaytadi
International
13 dec 2024
Top-5 liga deganda milliy chempionatlar nazarda tutiladi. Kechagi o'yin Yveropa ligasi doirasida edi. Yevropkuboklarda 1-gol bo'sa kere.