Selyuk: "Husanov qanaqasiga 50 mln turadi? Maksimum – 20!"

Sherzod Nurmatov
13 jan 2025
Rossiyalik futbol agenti Dmitriy Selyuk "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida "Lans"ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi haqida keskin fikrlarni bildirdi.

"Men Xusanovni anchadan beri bilaman. U Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida o'ynaganida futbolchim bilan bir xonadonda yashagan. Ko'rib turganingizdek, u o'zini ko'rsatgan va "Lans" qiziqishiga sabab bo'lgan. Keyinroq Franciyaga yo'l olgan. Shu erda savol tug'iladi: nega Rossiya klublari uni payqamadi? Bilasizmi, bazan Belarus va O'zbekistondan bo'lgan futbolchilarni RPL sport direktorlariga taklif qilsangiz, ular sizga xuddi siz xokkeychi haqida gapirayotgandek qarashadi... G'alati hikoya, alohida mavzu. Shunchaki tez-tez oyoqlaringizga qarashingiz kerak, bulutlarda uchib, yulduzlarga boqmasdan. Agar sizda 10 mln bo'lsa, albatta, kimnidir olib kelasiz. Lekin, tushuning, Husanovni topish pul to'lashdan ko'ra qiyinroq.

Husanovning Franciyaga moslashishi uchun biroz vaqt kerak bo'ldi. Bu mavsumda esa u o'zini yaxshi ko'rsatdi va endi, aytganlaridek, uni "Manchester Siti" so'rab keldi.

Yana bir narsa, OAVda paydo bo'lgan summalardan hayratdaman. Qanaqa 50 million? Nimalar deyapsiz? Men bunga ishonmayman. Qandaydir o'yin bo'layotganga o'xshaydi. 15 mlnga ishongan bo'lardim. Maksimum – 20. 40 mln va qandaydir bonuslar haqida yozishmoqda. 

Boshqa tomondan, "Siti"da juda ko'p pul bor. Ehtimol, ular bunday xaridni amalga oshirishga qaror qilishgan. Bilmadim... Lekin 50 million, albatta, juda ko'p! Dunyoda markaziy himoyachi uchun shunday pul to'laydigan ko'plab klublarni bilasizmi? Men – yo'q.

Eshiting, yozda "Roma" Dovbikni "Jirona"dan sotib oldi. 30 million evaziga. Bunda esa 50 haqida gap ketmoqda...", – dedi Selyuk.

Avvalroq yosh futbolchining o'tishi haqida Xayrulla Karimov, Server Jeparov va Timur Kapadze fikrlari bilan o'rtoqlashgan edi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Спорт-Экспресс

Izohlar

Азим Исмаилов
13 jan
Бу еврейлар узи жонга тегди Агар узи хусановни таклиф килганида 50 млн эмас 100 млн деган буларди
Umid Tursunov
13 jan
Mavsum origacha Lansda qoganda 70-80mlonga chiqi ketardi Buni Siti ham biladi....
Набижон Темиров
13 jan
Санкцияга тушиб қолиб Европа ёпилган Иванмасковчиларни кўти ачияптими дейман.......................................,
Habib Shahobiddin
13 jan
Ohiriga shuni rasmini qoʻymabsilar mazza qilib minus bosardik
Zafarbek Joʻrayev
13 jan
Gandon bu bizni Oʻzbek idin naxxuy alam qilyaptimi sukalar oq quloqlar