Setantasports.com O'zbekistonda 18 yanvardan qisman pullik bo'ladi

Mirjalol Normatov
18 jan 2024
18 yanvar kunidan setantasports.com platformasi o'zining O'zbekistondagi sport kontentining malum qismiga pullik obuna joriy qildi.

"Setanta Sports" o'zbek bozorida quyidagi uchta turnir obunasi uchun maqul narx belgilash maqsadida tadqiqot ishlarini o'tkazdi:

Angliya Premer-ligasi, Formula-1 va UFC.

Qolgan musobaqalar (ro'yxati pastda keltirilgan), shu qatorda UEFA Chempionlar Ligasi o'yinlarini O'zbekistonda setantasports.com obunachilari tekinga tomosha qilishda davom etishadi.

O'zbekistonda setantasports.com obunasini qanday sotib olish mumkin?

Setantasports.com da o'zingizga kerakli obuna turini tanlab, ushbu havola orqali sotib olishingiz mumkin: setantasports.com.

O'zbekistonda foydalanuvchilar uch obuna turining biridan foydalanishlari mumkin:

1 oylik - 35999so'm

3 oylik- 71999so'm

12 oylik- 359 999 so'm

O'zbekistonda setantasports.com nimalarni namoyish etadi?

“Setanta Sports”- hududdagi katta media kompaniya bo'lib, Evropa va Osiyoning 14 davlatida muxlislarga sport musobaqalarining yangi, o'ziga xos tomosha tajribasini taklif etmoqda. 

Setanta Sports” O'zbekistonda namoyish etayotgan musobaqalar:

- Chempionlar Ligasi

- APL

- Formula 1

- UFC

- La Liga

- A seriya

- Bundesliga

- Liga 1

- Eredivizi

- Shotlandiya Premer-ligasi

- Angliya chempionshipi

- Angliya Liga Kubogi

- NBA

- Evroliga

- NHL

- ATP va WTA turnirlari



Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Muhtorjon
18 jan 2024
Setanta sports ilovasi orqali tekin faqat mb ketadi xolos . Saudiya championatiyam bor qo'shimchasiga.
чемпион
18 jan 2024
Op
Пахтакорим
18 jan 2024
АПЛ ни кўрмас эканбизда
чемпион
18 jan 2024
Ўзимизники бўлмагандан кейин шундай бўлади. Аста-аста ҳаммасини пуллик қилиши аниқ эди
Beckham
18 jan 2024
Ундан кўра халқ пул йиғиб берайлик. Ўзимизнинг каналлар дан кўрсатишсин. Бегоналарга тўлагандан кўра.