Sofascore. Aliqulov himoyachilar orasidagi eng katta bahoga loyiq ko'rildi

Khoja
27 jan 2025
Kecha Turkiya chempionatining navbatdagi turida Rizespor Adana Demirsporga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Mezbonlar safida Husniddin Aliqulov boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. Himoyachimiz bahsda sariq kartochka ham oldi

Sofascore nashri Husniddin Aliqulovning kechagi uchrashuvdagi harakatlariga 7,3 baho qo'ydi. Bu himoyachilar orasidagi eng katta baho bo'ldi.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: Sofascore

Izohlar

Элёр1985
27 jan
Кўз тегмасин ўзб ҳимояси ишончли қўлларга ўтмоқда.