Superliga. Birinchi davrada o'zini oqlamagan legionerlar. Bolov, Litvyakov...

Aslanov Jasurbek
2 sep 2020
Superliganing birinchi davrasi yakuniga etdi. Demak, ayrim masalalar hususida mulohaza yuritsak bo'ladi.

Klublarimiz mavsum avvalida o'z saflarini bir nechta xorijlik futbolchilar bilan to'ldirib olishiga odatlanishgan. Murabbiylar taklif qilgan ayrim xorijlik futbolchilar o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirgan bo'lsa, qolganlari doimgidek bildirilgan ishonchlarni oqlamadi. Bilsangiz, legioner tanlash ham bir mahorat hisoblanadi. Bu borada “Nasaf” murabbiyi Ro'ziqul Berdiev, AGMK jamoasi ustozi Mirjalol Qosimovni qolgan jamoalarga o'rnak sifatida ko'rsatishimiz mumkin. Afsuski, ko'p hollarda jamoalarimiz narixi qimmat, o'yini esa o'zimizning mahalliy futbolchilardan ham kuchsiz bo'lgan legionerlarga tayanadi. So'ng esa ketidan bir necha yil pulini to'laydi. Quyida birinchi davra mobaynida o'zini oqlamagan xorijlik futbolchilar haqida gaplashamiz.

Pavel Golishev – “Navbahor”

Qishki transferlar oynasining so'ngi kunlarida “Navbahor” safiga qo'shilgan rossiyalik futbolchi Pavel Golishevni nima sababdan olib kelinganini faqat Kanchelskis biladi, xolos. Lekin, o'tgan davr mobaynida ushbu o'yinchining jamoaga qay tomonlama foydasi tegayotganini sezmadik, maydonga tushgan uchrashuvlarida ham deyarli hech narsa qilgani yo'q. Bunga namanganlik muxlislar ham guvoh bo'lishmoqda. Har holda uning o'zimizning mahalliy futbolchilardan biron bir ustun jihatini ko'rmadik, balki jamoaga moslashishga qiynalayotgandir, balki boshqa sabablar bordir. To'g'ri, oxirgi uchrashuvlarda biroz faollikni oshirgani ham bor gap. Balki ikkinchi davrada jamoaga yanada foyda keltirar. Hujum chizig'ini kuchaytirishi kutilgan Ruslan Bolov borasida ham fikrimiz xuddi shunday, lekin Bolov hamyurtiga qaraganda bir nechta uchrashuvda gol urishni uddasidan chiqa oldi. 

Statistikasi: Ruslan Bolov 9ta o'yin 438 daqiqa 2 gol 1ta pas, Pavel Golishev 6ta o'yin 210 daqiqa


Slavko Damyanovich – “Lokomotiv”

Mavsumni qolgan jamoalarimizga nisbatan ancha erta boshlagan Toshkentning “Lokomotiv” klubi mudofaa chizig'ini kuchaytirish maqsadida xorijdan Slavko Damyanovichni jamoaga jalb qildi. Biroq, mazkur futbolchi haqida ham biron bir iliq fikr bildirishga asos topa olmadim. “Lokomotiv” ishtirokidagi uchrashuvlarda Damyanovich yaqqol ko'zga tashlangani yo'q, ayrim bahslarda uning himoyadagi xatolari jamoaga qimmatga tushdi, umuman olganda uni ham legioner nomiga loyiq o'yin ko'rsatdi deya olmaymiz. Balki, bu o'sha payt vaqt tig'izligidan kelib chiqib qabul qilingan qaror bo'lishi mumkin. Chunki, jamoa OCHL saralash bosqichida o'z yurishini boshlashi kutilayotgandi. Bunday pallada ko'p hollarda jamoalarimiz legioner tanlashda shoshma shosharlikka yo'l qo'yishadi. 

Statistikasi: 6 o'yin 540 daqiqa

 

Dilaver Xaris – “Nasaf”

Legioner tanlashda etti o'lchab bir kes maqoliga amal qiladigan Ro'ziqul Berdiev qishda jamoaga kelgan bosniyalik Dilaver Xarisning xizmatlariga ortiq ehtiyoj sezmaslikni lozim topdi. Bilishimizcha Xaris faoliyatida ilk bor o'z mamlakatidan chetda to'p tepishi ekan, shu bois muhit va jamoaga moslashishda muammolarga uchradi. Aniqrog'i “Nasaf”ning o'yin uslubiga kirishib keta olmadi, murabbiy aksariyat o'yinlarda zaxiradan maydonga tushirdi, yana imkoniyat berish maqsadida AGMK bilan bahsda asosiy tarkibda ishonch bildirdi. Ammo, u o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmadi. Marko Stanoevich esa jamoaga tezda moslashib ketdi, asosiy tarkibga munosib ekanligini isbotlay oldi. 

Statistikasi: 7 o'yin 212 daqiqa


Makkartni Tevin – “Qizilqum”

Katta umidlar bilan “Qizilqum”ga kelgan namibiyalik Makkartni Nevaseb boshida chakki ko'rinmayotgan edi, dastlabki turlarda gollar ham urdi. Lekin, Superliga restartidan keyin sermahsullik yo'qoldi, darajasini ko'rsata olmadi. Kinoda aytganidek “Shox sohta bo'lib chiqdi”. Ikkinchi restartdan so'ng jamoani qaytadan shakllantirish ishlarini boshlab yuborgan navoiy jamoasi uning xizmatlaridan voz kechishga va asosiy etiborni mahalliy futbolchilarga qaratishga qaror qildi. Chunonchi, jamoada malum vaqt to'p tepgan turkmanistonlik Abdi Bashimov, Vazirgeldi Ilyasovlarga ham javob berib yuborildi. 

Statistikasi: 9 o'yin 589 daqiqa 1 gol


Didar Durdiev – “Mashal”

Klub bosh direktori Ilhom Qurbonovning takidlashicha Didar Durdiev “Mashal”ning falsafasi va uslubiga mos kelmagan. Turkmanistonlik yarim himoyachi qishki yig'inlar chog'ida “Navbahor”da ham ko'rikda bo'lib qaytgan, qishning oxirgi kunlarida esa “Mashal”ga kelib qo'shilgandi. O'zini ko'rsata olmadi shekilli zaxira futbolchisiga aylandi qoldi. Natijada yozgi keldi ketdilar mavsumida Durdiev ham jamoadan ketdi. 

Statistikasi: 5 o'yin 129 daqiqa 


Artyom Litvyakov – “Andijon”

Qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida “Andijon”ga taklif qilingan moldovalik hujumchi Artyom Litvyakov ham ishonchlarni oqlaganicha yo'q. Yangierda o'tkazilgan bir nechta nazorat bahslarida gollar urib biroz umid bag'ishlagandi. Lekin, rasmiy o'yinlarda uning maydonda borligi bilinayotgani ham yo'q. Hujumchining vazifasi gol urish, hozirda jamoaning oldingi chizig'ida muammolar etarlicha, mahalliy futbolchilar etarli darajada to'p tepmayapti. Mana shunday pallada legionerlar katta sahnaga chiqishi darkor. Kumikov oxirgi uchrashuvlarda forvardga asosiy tarkibdan joy ajratmoqda, lekin....Mening fikrimcha uning o'rniga o'rinbosarlar jamoalarida ko'zi yonib turgan ishtiyoqli yoshlarga imkoniyat bersa maqsadga muvofiq bo'lardi. 

Statistikasi: 11 o'yin 506 daqiqa, 0 gol

Har bir klub o'zining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib tarkibga legioner jalb etadi. Biroq, bir nechta uchrashuvda o'ynab, keyinchalik millionlab mablag'larni olib ketadigan xorijlik futbolchilardan bugunoq voz kechish kechgan foydaliroq. Ularga ketayotgan mablag'larni ozginasini bo'lsada o'zimizni yosh shijoatli qorako'zlarga sarflash maqsadga muvofiq bo'lardi. Jamoaning kuniga bir kun kelib bugun o'ynab ertaga ketadigan legionerlar emas o'zimizning futbolchilar yaraydi. 

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi. 


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

M 1960
2 sep 2020
Сўғдиёнадаги Митрович, Калакович яна боазилиялик ўйинчиси умуман олган пулига лойиқ эмас, айниқса дарвозабон Митрович ноль, керакмас ўйинчилар, уларга кетган пулга ўзимизнинг яхши ёшларни олса бўлар эди.
W ™ B
2 sep 2020
Derdiyok haqida yozmaysanlami Paxta. Asia. Yiliga 1 million yevro oladiyu, zaxirada chirivotti. Rosa maqtadilaring mavsum boshida, lekin man Derdiyokni biron karomat ko'rsatganini ko'rganim yo'q!
AzizT4224
2 sep 2020
Umuman aytganda bu yil baho berib turmasalarin bulardi legionerlarga pandemiya sabab uzini kursatolmadi tan olish kere bunaqa payt qiyin uzini kursatish endi kechagi Navbahor vs Paxtakor uyiniga oid fikrimi aytsam fanatlar tugrisida bu saytdi hurmatdi qilamiz lekin kechagi alohida video umuman pazor sayt adminlariga nima keregi bor urush janjal quzgab umuman gap PFL damas ayb mana bozorda tula odam kucha tula odam avtobusda masofa yuq ichida qonun qoida qatda amal qilyapti uzi buw quydi mana yana odamlar maskasiz umuman aytganda Uzbda qonunga amal qilinmedi 20 3p ta odam kirganiga unaqa vohima qilish wartmas hali kim uzi ular aniqlik kiritilar hullas gapirilsa gap kup lekin sayt hodimlari bilip quyilar shu xalqsiz silar bir tiyin pul ishlap topalmesilar shu xalqdi orqasidan pul topaslar holis bulilar umuman kungil qolyapti bu saytdan
Alik Kazakhbaev
2 sep 2020
Zahiradan tushsayan 7 ta goool urdiyu
7077
2 sep 2020
Giybathon uzginasi kim shuni tawkil qilgan bulsa uzi javib beraveradi Alloh hammammizga kifoya
AzizT4224
2 sep 2020
Oldin yaxshi maqolalar chiqardi undan o'zbek futbolini rivojlantrish haqida fikr berilar maslahat berilar tanqidiy maqolalar chiqarilar statistikaga oid maqolalar berilar intervyukar uyushtrilar mazza qip uqili
Aziz Yuldashev
2 sep 2020
Хавога учган 5 миллиард хақидаям ёзинглар админлар Беленков мавзусида
Aspire
2 sep 2020
Hurmatli va behurtmat Navbahor muhlislari kechegi amallab qilingan yerga yotib, Derdiyoki tursigidan tortib, voxti choziib sizlar uchun ğalabaga teng durangi deb haddilardan oshmelar, hurmatda bôlilik bir birimiz bilan, clubilani farroshiyam kôrdi kecha kamanelani sap sariq "ket"ini. CA sayiti silarsizam kuni õtadi, agar ôyin Paxtakorda bôlib 100 tamas 10 ta odam kirseyam shuni kôrsatadigan sayt, agar shunaqa bôganda tangadek keladigan joyilar bilan achishib yana Paxtakor balogardon bôlardi. Silar boshqa kamandalardegi liganerlarimas yo xalq jamosanini pullarinimas "ôtrib qoygan" ahlatilani tozalelar. 520 ming$ kôp bômadi. Silarga kim qôyibdi bunaqa gap qilishga. 3 yillik shartnoma qibolib boshi qotib murabbinini qando haydashi bilmi yurgani yoq Pro liga kamandasiyam, shu tlôyin bilan tağin ChL ga chiqarmish bula, CHL ga chiqishdan avval maktab bollarini yutishi õrganila yo yutishmas hatyab nisheya qilila 2 yildan bri yeb yurasla, huddi bir baloni qoyil qigandek kar kar qilasla, nima rezultatila bor? Ôzi nima qildila kar kar qilib hali Diyorga hali Paxtakorga hali federatsiyaga osilishdan boshqa?? Futbol erkelani ôyini avval havas qilishi ôrganila hasad bilan 2 yilda asbobam qilomadila sal tan olib havas qilila, bitta vatandanmiz haliyam bitta xalqmiz. )))
Aspire
2 sep 2020
Qolilardan bir birilari ahmoqona gapilarga + bosib, haqatga - bosishdan uyoği kemidi, silari chegarela shu, yo sokish yo ğiybat yo kimidur chaynash bôldi tamom chegarela shotda navbahori ba'zi muhlislari))