Superliga. O'zbek "El Klassiko"da "Paxtakor" va "Neftchi" o'zaro nursiz durang o'ynadi

Оқил Абдубарноев
13 sep 2024
Superliga 18-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvi uchrashuvi yakunlandi.

"Paxtakor" - "Neftchi" 0:0 

Toshkent. JAR stadioni. 19:30.

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Sherzod Azamov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Aleksandr Sidorov

Zaxira hakami: Isroil Imomnazarov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Zohir Akromxonov

"Paxtakor": 12. Vladimir Nazarov, 4. Abdulla Abdullaev, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Hojiakbar Alijonov, 8. Diyor Xolmatov, 9. Ibrohim Ibragimov ( 40. Kimi Merk, 80), 22. Umar Adhamzoda (11. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 62), 30. Otabek Jo'raqo'ziev (17. Doston Hamdamov, 10, (99. Ulug'bek Hoshimov. 80), 33. Doniyor Abdumannopov, 44. Mahmud Mahamadjonov.

Zaxira: 35. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruz Asqarov, 15. Diyor Ortiqboev, 31. Muhammadali Usmonov,77. Dilshod Saitov, 

"Neftchi": 45. Akbar To'raev, 4. Boyan Ciger, 8. Sardor Abduraimov, 10. Shohro'z Norxonov ( 22. Aziz Omonov,46), 11. Javohir Qahramonov (17. Sanjar Qodirqulov, 29), 21. Muhsin Ubaydullaev, 24. G'ulom-Haydar G'ulomov, 30. Quvrondiq Ro'ziev (55. Manuchehr Safarov, 81), 70. Abbos G'ulomov, 77. Bilol Toshmirzaev, 99. Nsungusi Effiong.

Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 14. Xurshid Muxtorov, 23. Diyor Turopov, 28. Behruz Oblaqulov, 33. Shohruh Yoqubjonov, 66. Doniyor Valiev.

Ogohlantirish: 25 - Ibrohim Ibragimov, 76 - Abdulla Abdullaev


MATNLI TRANSLYACIYA


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

89. Hamralievning kuchli zarbasini himoyachi boshi bilan burchakka chiqarib yubordi

83. Mahmudjonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi

81. O'zgarish: Safarov Ro'zievni alishtirdi

80. O'zgarish: Merk va Xoshimov maydonga tushdi, ular Ibragimov va Hamdamovni alishtirdi

76. Ogohlantirish: Mahamadjonovning xatosini to'g'irlash uchun Abdullaev qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

73. Alijonovning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

64. "Paxtakor" hujumlarni tashkil etishga urinmoda. Hozircha mehmonlar yaxshi himoyalanmoqda

62. O'zgarish: Adxamzodaning o'rniga Xoldorxonov tushdi

60. Mezbonlarda ilk xavfli hujum. Hamdamovning zarbasini To'raev qaytarmoqda

57. "Neftchi" bugun juda yopiq o'yin ko'rsatmoqda. "Paxtakor" safida esa gol uradigan hujumchi ko'rinmayapti

51. Ikkinchi bo'limda mezbonlar ancha yaxshi boshlashdi, biroq hozircha "sherlar" aniq zarba berishni uddalay olishmadi

46. O'zgarish: Norxonovning o'rniga Amonov tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'lim uchun naqd 7 daqiqa qo'shib berdi

40. Birinchi bo'lim juda sokin o'tmoqda. Umid qilamizki, ikkinchi bo'limda jamoalar hujumkor futbol ko'rsatishadi

31. Jarimadan uzatilgan to'pdan so'ng Nsungusi Effiong boshi bilan zarba yo'lladi, bu safar noaniq

29. Uning o'rniga Qodirqulov maydonga tushdi. Bugungi uchrashuvdagi ikkinchi majburiy o'zgarish bo'ldi

26. Javohir Qahramonov jarohat oldi va katta ehtimol u uchrashuvni davom ettira olmaydi

25. Ogohlantirish: Ibrohim Ibragimov markazdagi qo'polligi uchun ogohlantirildi

20. Nihoyat "sherlar" ham xavfli hujum tashkil qilishdi. Mahmud Mahamadjonovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

17. Mehmonlarning navbatdagi xavfli hujumi. Nsungusi Effiongning boshi bilan yo'llagan zarbasini Nazarov qiyinchilik bilan ushlab oldi

10. Uning o'rniga Doston Hamdamov maydonga tushdi

8. Otabek Jo'raqo'zievning jarohati jiddiyga o'xshamoqda. "Paxtakor" futbolchisi uchrashuvni davom ettira olmaydi

2. O'yindagi birinchi golli vaziyatni farg'onaliklar muxlislarga ijro qilib berishdi. Javohir Qahramonov zarba yo'lladi, Nazarov sobiq jamoasiga qarshi chiroyli seyv amalga oshirdi

Uchrashuv boshlandi!


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Dima
13 sep 2024
Neftchini oyini anavi FIFA referisini qoyish kerakmidi. Asim9v va yana shunga oxshagan isqirtlarni pro ga qoyish kerak
Акрамжон
13 sep 2024
Тухтасинов ифлос, Вар да утирганам хорамхур!
Umid 86
13 sep 2024
Черан. Азмидинов. Собирхужаев кани жарохатми ёки момо бормикин
Soccerland777
13 sep 2024
Жасур Жалолиддинов қаерда, энди? Аразлаб футболни тугатдими? Кўринмай қолди)))
Odiljon.
13 sep 2024
НЕФТЧИГА.ОМАД. НАВБАХОР.МУХЛИСИДАН