Terma jamoaning bugungi kunidan xabarlar...

Nadirkhuja Yuldashev
2 sep 2016
2 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi "Paxtakor" Markaziy stadionida mashg'ulot o'tkazdi.

Afsuski, tarkibda yo'qotish mavjud. Suriya bilan o'yinning ikkinchi bo'limida Javohir Sohibovga almashtirilgan Aziz Haydarovning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. Shu sabab u Qatarda bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok eta olmaydi. Bugungi mashg'ulotlarda Vitaliy Denisov ham qatnashmadi. Vitalikning avvalgi jarohati bezovta qilgan ammo uniki Haydarovchalik jiddiy emas.

Suriya bilan bahsda Odil Ahmedov ham og'riq qoldiruvchi ukol yordamida maydonga tushgan edi. Odil so'nggi bir oyni "Krasnodar" safida ham jarohati bilan o'tkazyapti. Shu boisdan Oleg Kononov uning xizmatlaridan 100%da foydalana olmayapti. 

Yuqoridagi uch futbolchimizga sog'liq tilaymiz!

Mashg'ulot soat 17:00ga belgilandi. Boisi, Qatardagi o'yinni QFA soat 19:00ga belgilagan. Bu vaqtda mamlakatdagi havo harorati taxminan 32-35 daraja issiq bo'ladi. Samvel Babayan futbolchilarni o'yin vaqtidagi havoga ko'nikish hosil qilishi uchun mashg'ulot vaqtini ancha ertaroqqa belgiladi. 

Terma jamoamiz futbolchilari avvaliga 10 daqiqa davomida stadion bo'ylab yugurish mashg'ulotini o'tkazdilar. Shundan keyin barcha stadion zalida chigal yozdi mashqlarini bajardilar. Suriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga chiqqan futbolchilarga javob berilgach, qolgan o'yinchilarimiz to'laqonli mashq o'tkazdilar.

Ertaga MTJ to'liq tarkibda mashq qiladi va 4 sentyabr kuni tongda, charter reysda, Toshkent - Doha yo'nalishi bilan Qatar poytaxtiga uchib ketadilar. U erda vakillarimiz JCH-2018 saralash bahsi doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.

Nodirxo'ja Yuldashev.



Nadirkhuja YuldashevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Мухсин 1986
3 sep 2016
Юртбошимиз хурматлари хакки Катарни ютмасанг Бабаян биз сени асло кечирмаймиз
sakrap sancharov
3 sep 2016
Uzbekiston termasiga omad
ULUGBEK
3 sep 2016
agar yana sergeeyvni qoysa bu trenr ni qargavoraman suriyaga 9 kishi oynadik axr sergey bn sardor zvezdani yaqvopti xuddi bir ishni eplab qoygande
O'ZBEKISTON
3 sep 2016
Bizni bilimsiz omi deb uylaganlar bilib quysinki ushalarning ota-bobosi oyog'iga latta bog'lab yurganda bizning Ota-bobolarimiz yulduz Sanab yurganlar !Oxiratingiz obod bo'lsin BOBOJON!!! Siz istagandek Komil inson bulamiz !Ma'naviy yetuk bulamiz !Biz hech kimdan kam emasmiz kam bulmasmiz illo hech qachon biz bir tanmiz sobit qadammiz ortimizda Vatan Jonajon !!!
Rustambek Andijon Fotbal Club Namber One
3 sep 2016
Xee xudoyim iloxim bulardi tuzalip ketishiga yordam bergin...