Tezkor! "Yuventus"da bosh murabbiy o'zgardi

Sherzod Nurmatov
23 mar 2025
Tiago Motta "Yuventus" bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi.

Bu lavozimga xorvatiyalik Igor Tudor tayinlandi, deb xabar bermoqda Turin klubi matbuot xizmati.

Shartnoma muddati elon qilinmagan. OAV xabariga ko'ra, 46 yoshli mutaxassis bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan bitim imzolangan.

42 yoshli Motta joriy mavsum oldidan Massimiliano Allegri o'rniga "Yuventus" bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Turinliklar 29 turdan keyin 52 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Oxirgi o'yinlarda ular "Atalanta" (0:4) va "Fiorentina" (0:3) jamoalariga yirik hisobda yutqazdi. Shuningdek, "keksa sinora" Italiya Kubogi chorak final bosqichida "Empoli"ga penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub bo'ldi.

Tudor 1998 yildan 2007 yilgacha "Yuventus"da o'ynab, Italiya chempioni bo'lgan va Chempionlar Ligasi finalida o'ynagan. Xorvatiyalik mutaxassis 2020/21 yilgi mavsumda Andrea Pirloning Turin klubidagi murabbiylar shtabida ishlagan. "Yuventus"ni tark etgach, "Verona", "Marsel" va "Lacio" klublarida bosh murabbiy bo'lib faoliyat yuritgan.

"Yuventus" Tudor boshchiligidagi ilk uchrashuvini 29 mart kuni "Jenoa"ga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: juventus.com

Izohlar

Burhonbek Abdumo'minov
23 mar
Manchinini obkesa boʻlardida bla
Haqiqat-2
24 mar
Асаббузарлик давом этса керак...
{ CHELSEA }
24 mar
Natija koʻrsatoladimikan...
David Terezege
23 mar
Булар иш бупти Тудор фаолиятига омад Forza Juve
Рахматилло Исманов
23 mar
Футболчилик фаолиятида Ювентусда яхши уйнаган. Омад Тудорга!