Tili sababli Laporta ishdan ketishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 jan 2025
Joan Laporta "Barselona" prezidentligidan ketishi mumkin.

Mamlakatning sport bo'yicha ittifoqining Dani Olmo hamda Pau Viktorning LaLiga ro'yxatidan o'tkazilmasligi borasidagi qaroriga klub rahbariyati qo'pol munosabatda bo'lgan. Ispaniya Superkubogi doirasida "Atletik"ka qarshi o'yin vaqtida Laporta bir necha marta so'kingan va o'yin rasmiylarini haqorat qilib, o'sha erdagi buyumlarni tepgan. Shu sababli Ispaniya Qirolligi futbol federaciyasi bu borada taftish ishlarini boshlagan.

"COPE" malumotiga ko'ra, agarda Laportaning harakatlari RFEF tartib-intizom qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqilsa, ish Joanning o'z lavozimini tark etishi bilan yakunlanishi ham mumkin. Bunga qadar ushbu qo'mita Luis Rubialesni ayollar termasi futbolchisi bilan bo'lgan ishlari uchun futboldan chetlatgandi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: COPE

Izohlar

......️
9 jan
O’rtoq adminkalar Romano Sity 3 futbolchi bn og’zaki kelishib olgani xaqida breaking news chiqardi uni ichida abduqodir xam bor
VodiySoft
9 jan
Joan Laporta yaxshi boshqaryapti Barselonani. Messi, Suares kabi klub afsonalari bilan yaxshi xayrlashmadi, ammo, krizisdagi Barselonani asta-sekinlik bilan oyoqqa turgaza oldi.
Икромжон
9 jan
Хужум Лапортага бошланибдида энди
Икромжон
9 jan
Хужум Лапортага бошланибдида энди
Икромжон
9 jan
Хужум Лапортага бошланибдида энди