"Tottenxem" himoyachisi Evropa chempionatini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
23 apr 2024
Futbolchi jiddiy jarohat olgan.

"Tottenxem" himoyachisi Destini Udoji Evropa chempionatini o'tkazib yuboradi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Futbolchi o'ng oyog'idan jarohatlangan. U mavsum oxirigacha maydonga tushmasligi aniq.

Oxirgi xabarlarga ko'ra, italiyalikning tiklanishi uchun 3 oy vaqt kerak bo'ladi. Demak, u nafaqat mavsumning qolgan qismida, balki Evropa chempionatida ham qatnashmaydi.

21 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 30 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: twitter.com/FabrizioRomano

Izohlar

Dilshod Boltaboyev
23 apr 2024
Admin bu messimi????????????
Dilshod Boltaboyev
23 apr 2024
Admin bu messimi????????????
Dilshod Boltaboyev
23 apr 2024
Rahmat etiborli bolina auditoria kichkina emas har holda