"Tottenxem" hujumchisi uysizlarni boqish uchun mablag' ajratdi

Sherzod Nurmatov
26 dec 2023
Mahsulotlarning bir qismi favqulodda xizmatlarga etkazildi.

"Tottenxem" hujumchisi Brennan Jonson Rojdestvo bayramida uysizlar uchun mablag' xayriya qildi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, oziq-ovqatning bir qismi, tez yordam xodimlari, o't o'chiruvchilar va policiyaga mashaqqatli mehnatlari uchun minnatdorchilik sifatida etkazib berilgan.

22 yoshli Brennan Jonson joriy mavsum "Tottenxem" safida 12 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: twitter.com/FabrizioRomano

Izohlar

Jurabek Umarov
26 dec 2023
Boxin day boshlandi nimaga sayt jim Nyukasl Nottingem uyini yonyapti live qilinglar.