Transfermarkt'dagi yangilanishdan so'ng Abduqodir Husanovning transfer narxi ikki barobardan ko'proq oshdi

Omonjon To`xtamirzayev
18 mar 2025
"Transfermarkt" portali Angliya Premer-ligasidagi narxlarni yangiladi.

"Manchester Siti" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning yangi narxi malum bo'ldi. Endi "Transfermarkt" portali Husanovni 35 mln evroga baholamoqda. Uning avvalgi narxi 12 mln evro edi.

- Husanovda bozor qiymatining ikki baravardan ko'proq o'sishi bir vaqtning o'zida bir nechta omillarga bog'liq, - deydi Transfermarkt'ning rus tilidagi tahririyati rahbari Georgiy Lekarev. - Asosiy omil: transfer narxining yuqoriligi - "Manchester Siti" Husanovni 40 mln evro evaziga o'z safiga qo'shib oldi, yana 10 mln evro "Lans"ga bonus sifatida to'lanishi mumkin.

Abduqodir yangi jamoa va yangi ligaga tez va muvaffaqiyatli moslashdi. APL - Franciya Liga 1'ga nisbatan murakkab va intensivroq chempionat. Bundan tashqari, umumiy olganda kuchli va shu bilan birga tezkor markaziy himoyachilarga talab ortdi. Yuqori tezlik Husanovga "Manchester Siti" to'pni yo'qotganda mudofaaga tez qaytish imkonini beradi.



Shu tariqa, Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining eng qimmatlashgan futbolchilari ro'yxatida 4-o'rinni egalladi. Uning narxi sezib ulgurganingizdek, 23 mln evroga qimmatlashdi - faqat Aleksandr Isak ("Nyukasl", +25 mln evro), Itan Nvaneri ("Arsenal", +25) va Din Xeysen ("Bornmut", +24) bozor qiymatida ko'proq o'sishga erishdi.

Ushbu yangilanishdan so'ng, Abduqodir Husanov Osiyoda ikkinchi eng qimmat markaziy himoyachiga aylandi - u faqat "Bavariya"da o'ynayotgan koreyalik Kim Min Jedan (45 mln evro) ortda qolmoqda. Hozircha... Shuningdek, Husanov osiyolik barcha futbolchilar orasida to'rtinchi bo'ldi: undan faqat yaponiyalik Kaoru Mitoma ("Brayton", 45 mln evro), yuqorida tilga olingan Kim Min Je va yana bir yaponiyalik Takefusa Kubo ("Real Sosedad", 40 mln evro) qimmatroq.




Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Imdorama
18 mar
Real Madrid Xusanovni 100 million evroga sotib olishga kelishdi degan xabar tez fursatda eshitish nasib qilsin.
Pakhtakor_LIONS
18 mar
Xusanov TOP????
Security Business
18 mar
Ajoyib! Keyingi yil 100 mlnga chiqish nasib qilsin
LFC_FIRMINO
18 mar
ohho ancha qo'shilibdi. 20 atrofi kutgandim)
Fc Milan20
18 mar
Ana bu boshqa gap. Xudo xohlasa shu yilning o'zida Osiyoning eng qimmat o'yinchisi bo'lsin. Hozirda esa sof 4 o'rinda. Milliy terma jamoamiz transfer narxi 70 mln yevrodan oshib ketti. Eronni yutmasak uyat bo'lar endi