Biz esa odatdagidek batafsil ro'yxatni taqdim qilamiz.
Turkiya Superligasi. 29-tur
"Sivasspor" - "Alanyaspor"
Yangi jamoasida o'z o'rnini topib borayotgan Azizbek Turg'unboev bugun "Alanyaspor"ga qarshi uchrashuvni katta ehtimol bilan asosiy tarkibda boshlaydi. Malumot uchun, "Sivasspor" ayni paytda turnir jadvalida 38 ochko to'plagan holda 9-o'rinda ketmoqda.
Rossiya Premer-ligasi. 19-tur
"Rubin" - "Pari NN"
Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev to'p tepayotgan "Rubin" bu turda o'z maydonida "Pari NN" jamoasini qabul qiladi. "Rubin" hozirgi vaqtda 29 ochko bilan 7-o'rinda ketmoqda.
Italiy A Seriyasi. 28-tur
"Kalyari" - "Salernitana"
Eldor Shomurodov o'ynayotgan "Kalyari" uyda "Salernitana"ni mehmon qiladi. "Kalyari" 23 ochko bilan turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.
Franciya Liga-1. 25-tur
"Lans" - "Brest"
"Lans" klubi "Brest"ga qarshi o'yin qaydnomasini elon qildi. Qaydnomadan Abduqodir Husanov ham o'rin oldi. O'zbekistonlik himoyachi katta ehtimol bilan o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi. "Lans" 24 ta uchrashuv o'tkazgan holda turnir jadvalida 39 ochko bilan 6-o'rinni band etib turibdi.
Izohlar