Turkiya Superligasi. "Sivasspor" o'z uyida "Beshiktosh"ga mag'lub bo'ldi, gollardan biri Turg'unboev sabab belgilangan penaltidan urildi

Alisher
9 feb 2025
Turkiya Superligasi 23-tur doirasidagi "Sivasspor" - "Beshiktosh" o'yini bo'lib o'tdi

Qayd etish kerakki, hamyurtimiz o'yin so'nggida jarima maydonchasi ichida qoidani buzdi va bu Joau Mariuning 11 metrlik nuqtadan gol urishiga sabab bo'ldi.

"Sivasspor" - "Beshiktosh" 0:2

Gollar: Emirxan Topchu (42), Joau Mariu (90+3).

"Sivasspor" - Ali Vural, Aladdin Okumush (Emre Gokay, 88), Noa Sonko, Axilleas Punguras, Ziya Erdal (Azizbek Turg'unboev, 37), Tolga Chigerchi (Yan Beganski, 37), Velko Shimich, Xaris Xarisis (Bekir Boke, 70), Samuel Mutumassi, Ekfan Bekiroglu, Rey Manay.

"Beshiktosh" - Mert Gyunok, Artur Masuaku, Feliks Udukxai, Emirxan Topchu, Yonas Svensson, Jedson Fernandesh (Onur Bulut, 78), Aleks Oksleyd-Chemberleyn (Salih Uchan, 64), Ernest Muchi (Samih Kilichsay, 54), Joau Mariu, Milot Rashica (Fahri Keram, 89), Chiro Immobile (Mustafa Erhan, 64).

Ogohlantirish: Ernest Muchi (47), Joau Mariu (90+3).

Ushbu natija bilan "Beshiktosh" ochkolarini 35 taga etkazdi. "Sivasspor"ning ochkolari 23 taligicha qoldi. Keyingi turda "Beshiktosh" o'z maydonida "Trabzonspor"ga qarshi o'ynaydi. "Sivasspor" esa safarda "Gaziantep" bilan uchrashadi.



AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Aziz Abdullayev
9 feb
Penalti ishlabdiyu òzlariga bòsayam shu penaltini òziga teptirmabdida turkiyaga borgandan beri gol urolmiydi bolapaqir
Habib Shahobiddin
8 feb
Turgʻunboev ham zahiradan tushib gol ursin