U-17 Jahon chempionatida Osiyodan 9 ta jamoa! Bu qanday bo'ladi?

Narzulla Saydullayev
25 nov 2024
Shu yilning 14 mart kuni FIFA rasmiy malumot berdi.

Ushbu malumotga ko'ra, U-17 Jahon chempionati bundan buyon har ikki yilda bir marta emas, balki har yil o'tkazib kelinadi va 2025-2029 yillar oralig'ida musobaqaga faqat Qatar mezbonlik qiladi.

Xabaringiz bor, shu yilning oktyabr oyida O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash o'yinlarida ishtirok etib, o'z oldiga qo'yilgan vazifani uddaladi va Osiyo chempionati ishtirokchisiga aylandi.

U-17 Osiyo chempionati 2025 yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Bu musobaqaga o'smirlarimizni Islom Ismoilov tayyorlaydi. Musobaqaga hali qura tashlangani yo'q, bizga malum bo'lishicha, dekabr oyida qura tashlanadi. Shunisi aniqki, qura jarayonida O'zbekiston 1-savatchadan joy oladi.

1-savatcha: Saudiya Arabistoni (mezbon), Yaponiya, Janubiy Koreya, O'zbekiston.
2-savatcha: Eron, Yaman, Avstraliya, Tailand.
3-savatcha: Afg'oniston, Tojikiston, Xitoy, Vetnam.
4-savatcha: Indoneziya, Ummon, BAA, KXDR.

Yana FIFAning xabariga qaytamiz. 2025 yildan boshlab U-17 Jahon chempionatida umumiy hisobda 48 ta jamoa qatnashadi. Qatar mezbonligini hisobga olsak, U-17 Osiyo chempionati kichik mundialga boradigan yana 8 jamoani aniqlab beradi.

Bilamizki, avvalgi U-17 Jahon chempionatlarida Osiyodan to'rtta jamoa qatnashib kelardi, endi bo'lsa ishtirokchilar soni oshdi. Qatar - mezbon, shu bilan birga bu jamoa U-17 Osiyo chempionatida qatnashmaydi. Faqat bitta savolga javob topish qolyapti: FIFA qaysi tartibga ko'ra Osiyodan 8 ta jamoani aniqlab oladi?

U-17 Osiyo chempionati reglamentida bu haqda hech narsa deyilmagan. Ehtimol dekabr oyidagi qura marosimida OFK malumot berar. Agar jamoalar 4 tadan to'rt guruhga bo'linishini va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga chiqishini hisobga olsak, balki keyingi bosqichga chiqadigan 8 jamoa Jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'lar.

X.Xoliqov.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Bratello
25 nov 2024
Алексей Естафеевга бериш керак жамоани
Azizjon Turgunov
25 nov 2024
48 ta bu juda ko'p
Futbol Uchun
25 nov 2024
Олдин ЖЧ чиқиш муаммо бўлган,ҳозир гурухдан чиқса ЖЧ иштирокчиси зўрку.
Baxtiyor MYu
25 nov 2024
Yaxshi
Азим Исмаилов
25 nov 2024
Катталарникидай булар экан