U-17 Osiyo kubogi saralashi O'zbekiston ikkinchi o'yinda ham g'alaba qozondi. Oxirgi turda yo'llanma uchun bahs bo'ladi

Narzulla Saydullayev
25 oct 2024
U-17 Osiyo kubogi saralashi doirasidagi Xitoy Taypei - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

1-turda Falastinni 3:0 hisobida mag'lub etgan O'zbekiston 2-turda saralash mezboni Xitoy Taypeiga qarshi maydonga tushdi.

O'yinning 61-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan Jamshidbek Rustamovning burchakdan yo'llagan zarbasi to'g'ri darvozaga bordi, ammo posbon bir amallab to'pni qaytardi.  

61-daqiqada hisob ochildi. Muhammad Habibullaevning ajoyib to'p uzatishidan keyin Abubakir Shukurullaev jarima maydoniga kirib darvozani ishg'ol qildi - 0:1. 

73-daqiqada Sardorbek Fayzullaevning birinchi zarbasidan keyin to'pni posbon qaytardi, ikkinchi zarbadan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! Uchrashuvning qolgan daqiqalarda hisob o'zgarmadi va O'zbekiston ikkinchi o'yinda ham g'alabaga erishib ochkolari sonini 6taga etkazib oldi. 

Guruhning ikkinchi o'yinida Iroq Falastin ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozondi. So'nggi turda 6tadan ochkoga ega bo'lgan O'zbekiston va Iroq Osiyo kubogi yo'llanmasi uchun maydonga tushishadi. G'olib guruh g'olibligi bilan birga Osiyo kubogiga ham chiqadi, durang natijasi ham Iroqni birinchi o'rinda qoldiradi. Ikkinchi o'rinni egallagan jamoa esa boshqa guruh natijalarini kutishga majbur bo'ladi.


Xitoy Taypei - O'zbekiston 0:1
Hakamlar:
G'ulomrizo Adibi, Alirizo Moradi (ikkisi Eron), Ahmed Hassan (Maldiv orollari), Muhammad Ahmad Al Mazyed (Qatar)
Nazoratchi: Suhbir Singh (Singapur)
Komissar: Jeyson Shin (Koreya Respublikasi).

Gol: Abubakir Shukurullaev 61, - 0:1 (Muhammad Habibullaev).

Xitoy Taypei: 18.Cho Vei Deng, 3.Kao Yuan YU, 4.Lin Min Dong, 7.Tai Zix Xan, 8.Pan Xung Chix (s), 14.Vu YU Ting, 15.Cheng yu Chen, 17.Tsai Fu YU, 19.Li Vei Cheng, 21.Chen Yen YU, 23.Sung Chi Chan.
Zaxira: 1.Chen Jing Vei, 5.Chang Chen, 6.Ku Cheng Xao, 9.Xuang Yi Xsuan, 10.Jang Tian Jyun, 11.Lu Yi Xung, 12.Yang Xao Vei, 13.Xo YU YU, 16.Chu Xung Ting, 20.Cheng Chix Xsuan, 22.Liu Shen.

O'zbekiston: 1.Ibrohim Shokirov, 2.Hojiakbar Yusufboev, 3.Sardor Tulaganmirzaev, 4.Mo'minxon Bahodirxonov (S), 6.Miraziz Abdukarimov, 7.Sadriddin Hasanov (20.Sardorbek Fayzullaev, 70), 9.Nurbek Sarsenbaev (17.Jamshidbek Rustamov, 57), 11.Sayfiddin Sodiqov (23.Amirsaid Kamolxonov, 70), 15.Muhammadali Musahonov, 18.Abubakir Shukurullaev (16.Eldor Naimov, 79), 19.Azizbek Erimbetov (10.Muhammad Habibullaev, 46).
Zaxira: 12.Nematulloh Rustamjonov, 21.Bahodir Izboskanov, 5.Amirxon Muradov, 8.Oyatillo Qaytmasov, 13.Muhammadrizo Parpiev, 14.Behruz Saidmurodov, 22.Abdusamad Saidov.

Ogohlantirishlar: Muhammadali Musahonov 64.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Dilmurod Umarov
25 oct 2024
U-17 terma jamoamizga omad,yirik hisobdagi g'alaba kutib qolamiz
Otabek Sidikov
25 oct 2024
18 номер Билан 7 номер умуман ткани тепишни билмайди 7 номер алдаш Билан овора 18 эса дарвозага тугри тепишни билмайди
Тож
25 oct 2024
Вазиятларни роса кўкка совуришаяпти.
Nasafwinner
25 oct 2024
Link tashlab yoboringlar
abdallah shahry
26 oct 2024
гап тайпейни ирик хисобда ютишда эмас. кандай килиб 17 ёшли йигитлар 2 метрдан 7 метрлик варатага гол уролмайди. тайпей деярли бита хам тугри зарба бермади дарвозамизга. япон корея австралиялар бошка даражада. бита гол хал килади уйин натижасини. жахон чемпионатига чикаоладими бу жамоа, мана хавотир каерда.