U-20 Osiyo kubogi. O'zbekiston Eronga mag'lub bo'ldi va guruhda ikkinchi o'rinni egalladi

Alisher
19 feb 2025
Bugun O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogining guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi.

U-20 Osiyo kubogi. Guruh bosqichi. 3-tur

O'zbekiston - Eron 1:2 (TUGADI)

Hakamlar: Zaid Tamer Mohammed, Hayder Abdulhasan Ali Ubaydee, Yaser Sabeil Almurshidi, Ahmed Eisa Darvish

Komissar: Yazen Buhari 

Nazoratchi: Suresh Srvinisyan

Gol: Yusef Marzaeh 52, 0:1, Ismoil Golizoda (penalti) 66, 0:2, Muhammadali O'rinboev (Asilbek Jumaev) 80, 1:2

O'zbekiston: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Saidxon Hamidov, 4.G'iyosjon Rizaqulom ( 3. Muhammadali Zohidov,57) , 5.Azizbek To'lqinbekov (16. Muhammadali Reimov,69) 6.Ravshan Hayrullaev (s), 7.Daler Tuxsanov, 9.Saidumarxon Saidnurullaev (, 10. Muhammadali O'rinboev, 69), 13.Behruz Jumatov, 17.Ollabergan Karimov (22. Asilbek Jumaev,57) 19.Rustambek Fomin (15. Lazizbek Mirzaev, 69) 23.Abdug'afur Haydarov.

Zaxira: 1. Maksim Murkaev, 8. Amirbek Saidov11. Murodjon Komilov, 14. Ozodbek Qurbonov, 18. Narimonjon Ahmadjonov, 20. Dilshod Abdullaev, 21. Samandar Muratbaev, 

Eron:  1. Arsha Shakouri, 2. Nima Andarz, 3. Hesam Nafari, 4. Alireza Homaeisfard, 6. Samir Habobati (17. Mohammad Dindar,46), 7. Ismoil Golizoda, 8. Amirmohammad Razaginia, 13. Ali Hassani, 14. Abbas Harizi (15. Mobin Denghan, 55), 20. Yuusef Marzaeh, 21. Abolfazl Moredi

Zaxira: 5. Erfan Darvish, 9. Yaghoob Barajeh, 10. Reza Gandi Pur, 11. Mahan Sadegi, 12. Armin Abbasi, 16. Abolfazl Zamani,  18. Abolfazl Zolehaei, 19. Purya Shahrabadi, 22. Mohammad Gandomi.

Ogohlantirish: Ali Hassani (Eron) 50, Arsha Shakouri (Eron) 83


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shdi. 

89.  Bosimni oshirmoqdamiz.

85. ZARBA. Abdug'afur Haydarov jarima maydonchasi ichida juda va juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 

83. OGOHLANTIRISH. Eron, Arsha Shakouri 

82. ZARBA. Xayrullaevning zarbasi juda kuchli chiqdi. 

80. GOL. O'yinga qaytdik. Zaxiradan maydonga tushgan Muhammadali O'rinboev jamoadoshi Jumaevdan kelgan to'pni darvozaga aniq yo'lladi. 

72. UUUX. Ajoyib uzatma. To'p darvoza ustuniga tegdi. Tuhsanov vaziyat qahramoni bo'lishi mumkin edi. 

69. O'ZGARISH. O'zbekiston, Saidumar Saidnurullaev o'rniga Muhammadali O'rinboev, Azizbek To'lqinbekov o'rniga Muhammadali Reimov, Rustambek Fomin o'rniga Lazizbek Mirzaev tushdi. 

66. GOL. Ismoil Golizoda 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llashda adashmadi, 0:2

65. PENALTI. Muhammadyusuf Sobirov to'pga chiqib kelib qaytarishda eronlik futbolchiga qo'pollik ishlatdi. Boshqa iloji ham qolmagandi. 

58. O'ZGARISH. G'iyosjon Rizaqulov o'rniga Muhammadali Zohidov, Ollobergan Karimov o'rniga Asilbek Jumaev tushdi. 

56. Erondan yana bir xavfli yurish. Baxtimizga zarba noaniq. 

52. GOL. Afsuski, o'yinda birinchi bo'lib Eron gol urdi. Yusef Marzaehning kuchli zarbasini Sobirov qaytarishga qiynaldi. To'p darvozamiz to'ridan joy oldi. 

50. OGOHLANTIRISH. Eron, Ali Hassani. 

46. O'ZGARISH. Eron Habobati o'rniga Dindar tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

41. ZARBAA. Abdug'afur Haydarov jarima maydonchasiga yaqin joyda darvozaga zarba berdi. Noaniq. 

38. SOBIROOOV. Muhammadyusuf Sobirov jamoamizni muqarrar goldan qutqarib qoldi. Ismoil Golizoda birga bir vaziyatda darvozabonimiz bilan duelga chiqib bordi. Bunda kiperimiz g'olib chiqdi. 

36. To'p nazorati terma jamoamizda. 

30. Daler Tuhsanov jamoadoshidan kelgan qulay uzatmani darvozaga yo'llay olmadi. 

25. Burchak zarbasidan so'ng Haydarov boshi bilan darvozaga zarba berishga intildi. Raqib himoyachisi munosib qarshilik ko'rsatdi. 

20. ZARBA. Daler Tuhsanov uzoq masofadan zarba yo'llab ko'rdi. Noaniq. 

18. ZARBA. Eronlik futbolchining uzoqdan yo'llagan zarbasi xavfli lekin noaniq ko'rinish oldi. 

10. Jamoalar ehtiyotkorlikni yo'qotmayapti. 

5. Abdug'afur Haydarov birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgandi. Hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Madhiyamiz yangradi. 

- Uchrashuv 16:30da start oladi.


AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

✨Ғайрат Муҳаммад????
19 feb
Ўринбоев тушмас эканда, майли дам олгани ҳам маъқул кейинги турга
БЕК@
19 feb
Япония ва Кореянинг қайси бири билан ўйнашнинг фарқи йўқ. Иккаласи ҳам бир хил. Муҳими бугун кучни камроқ сарфлаб, дам олиб, кейинги ўйинга қаттиқ тайёрланиш керак.
Ramazon Eshmurodov
19 feb
4 nomerdagi rizakulov sal bush ximoyachi ekan. Yaman bilan uyinda chap qanotdan kop hato qildi. Indoneziya bilan uyinda ham sariq kartochka oldi. Jismoniy kuchi yetmayapti bolani. Abdullayev va djumatov yaxshi himoyada. Markzdagi tozalovchi hayrullayev sal tezligi sust
Азим Исмаилов
19 feb
Манимча чорак финалда бошкача уйин булади буям бир тактикага ухшади кейин бизнинг Футболчилар осмондан пастга тушишди
QosimNozimBavariyaChmpn
19 feb
Manga oʻxshab Toʻksanovni oʻyini kuzatganla bormi. Umuman befoyda oʻtnadi faqat xato. Tanka zoʻr ekan