U-20 Osiyo Kubogi. O'zbekiston ilk turda Yamanni qiyinchilik bilan mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
13 feb 2025
U-20 Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan bahslar davom etdi.

Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk turda Yaman bilan o'ynadi.

U-20 Osiyo Kubogi

"C" guruhi. 1-tur

O'zbekiston – Yaman 1:0 (TUGADI)

Shenjen. Shenjen yoshlar futboli mashg'ulot bazasi 1-maydoni. 14:15

Hakamlar: Shen Yinhao (Xitoy), Guo Jintao (Xitoy), Luo Jen (Xitoy), Zaid Tamir Muhammad (Iroq)

Nazoratchi: Muhammad Ablulla Hassan (BAA)

Komissar: Yazin Buxori (Singapur)

Gol: Muhammadali O'rinboev (Ollobergan Karimov) 26

O'zbekiston: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 4.G'iyosjon Rizaqulov, 5.Azizbek To'lqinbekov, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Daler Tuxsanov (15.Lazizbek Mirzaev, 64), 10.Muhammadali O'rinboev (9.Saidumarxon Saidnurullaev, 83), 17.Ollobergan Karimov (19.Rustambek Fomin,78) 18.Narimon Ahmadjonov, 20.Dilshod Abdullaev, 22.Asilbek Jumaev, 23.Abdug'afur Haydarov (8.Amirbek Saidov, 78)

Zaxira: 1.Maksim Murkaev, 21.Samandar Muratbaev, 2.Saidxon Hamidov, 3.Muhammadali Zohidov,  11.Murodjon Komilov, 13.Behruz Jumatov, 14.Ozodbek Qurbonov, 6.Muhammadali Reimov, 

Yaman: 22.Usama Ali, 3.Anvar Hussayn, 4.Muhammad Naji, 6.Haithm Faysal, 9.Abdulaziz Avad (7.Muhammad Amir,76), 10.Isom Abdulatif (19.Muhammad Isom, 62), 11.Abdulrahmon Abdulnabi (21.Umar G'olib,77) 12.Said Abdulloh, 13.Ahmad Mustafo, 16.Muhammad Holid, 18.Odil Abbos.

Zaxira: 1.Vadhah Anvar, 23.Marvan Abdulsalom, 2.Muhammad Vahib, 5.Hisham Muhammad,  8.Hasan Muhammad, 14.Usama Holid, 15.Muhammad G'abir, 17.Usama Muhammad Al Matari,  20.Abdulloh Holid,

Ogohlantirish: Dilshod Abdullaev (O'zbekiston) 47, Muhammad Holid (Yaman) 61, Lazizbek Mirzaev (O'zbekiston) 87

MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi. 

90+4. Fomin raqib futbolchisiga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatdi. Hakam penalti yo'qligini aytdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

88. UUUX. Muhammadyusuf Sobirov terma jamoamizni muqarrar goldan qutqarib qoldi. Darvozabonimizdan ajoyib seyv.

87. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston, Lazizbek Mirzaev

83. O'ZGARISH. O'zbekiston, Muhammadali O'rinboev o'rniga Saidumar Saidnurullaev tushdi.

78. O'ZGARISH. O'zbekiston, Abdug'afur Haydarov o'rniga Amirbek Saidov, Ollobergan Karimov o'rniga Rustambek Fomin tushdi. 

74. Yaman futbolchilari Muhammadali O'rinboevga nisbatan qo'pol o'ynashdi. Hammasi joyida. 

70. Lazizbek Mirzaev o'yinga tez kirishib ketdi.

64. O'ZGARISH. O'zbekiston, Daler Tuhsanov o'rniga Lazizbek Mirzaev tushdi. 

62. O'ZGARISH. Yaman, Isom Abdulatif o'rniga Muhammad Isom tushdi. 

61. OGOHLANTIRISH. Yaman, Muhammad Holid

62. ZARBAA. O'rinboevning burchakdan bergan uzatmasini Xayrullaev boshi bilan darvozaga yo'lladi. 

51. ZARBA. Al Turaiqining jarimadan yo'llagan zarbasi xafli ammo noaniq ko'rinish  oldi.

50. Jarima maydonchamiz yonida Rizaqulov raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi. Yaman jarima zarbasini tepadi. 

48. Darvozabonimiz raqib futbolchisining zarbasini ushlab oldi. 

47. OGOHLANTIRISH. O'zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi Dilshod Abdullaevga sariq kartochka ko'rsatildi. 

46. Jamoalar tarkibida o'zgarish yo'q. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

42. O'yinda temp pasaydi. Nazorat biznikilar tomonida. 

36. ZARBAAA. Yana Gutidan uzatma, O'rinboevdan bosh bilan zarba. 

34. ZARBAAA. Muhammadali O'rinboevning zarbasi yo'liga raqib futbolchisi to'g'anoq bo'la oldi.

32. ZARBAAAAA. Abdug'afur Haydarovning darvozaga yo'llagan zarbasini yamanlik posbon qaytardi. Ikkinchi golga yaqin kelgandik. 

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Nihoyat, nihoyat, o'sha gol. Ollobergan Karimovdan ajoyib uzatma, O'rinboev boshi bilan to'pni darvozaga qadab qo'ydi. 

23. Ketma-ket hujumlar tashkil qilyapmiz. Futbolchilarimiz maydonga moslashib oldi. Endi tinimsiz oldinga o'tishmoqda. 

20. Terma jamoamizdan yaxshi hujum. Jumaev-To'lqinbekov kombinaciyasi samarasiz yakunlandi. Jumaevning pasidan so'ng To'lqinbekov ichkariga uzatmoqchi bo'ldi. 

17.  Hozircha hujumlar naf keltirmayapti.

11. ZARBAAAAAA. Abdug'afur Haydarov jarima maydonchasi ichida bir o'zi darvozaga zarba berdi. To'p darvoza ustuniga tegdi. Ollobergan Karimov unga yaxshi uzatmani amalga oshirgandi. 

7. UUX. Muhammadali O'rinboevdan ajoyib uzatma. Lekin yakun samarasiz. 

3. Ilk daqiqalardan jamoalar bir birini o'rganmoqda. To'p nazorati vakillarimizda. 

- O'yin boshlandi. Olg'a, O'zbekiston! 

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay holatda. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Madhiyamiz yangradi. 

- Malumot uchun, O'zbekiston bu yosh toifasidagi musobaqalarni faqat ijobiy natija bilan boshlagan.

- Uchrashuv 14:15da start oladi. 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Бахтиёр Ашуров
13 feb
Матбуот анжумани ўтказилмадими?
admin
13 feb
Nega Lazizjon Mirzayev asosiyda emas
Burhonbek Abdumo'minov
13 feb
Omad ukalar!!!
Oybek Haydarov
13 feb
Койил бизаникилар куркмай 2 таркибни ташайдиган пайтлар хам келди
Абдурахмон Вахобов
13 feb
ОЛГА УЗБЕГИМ!! АЛЛОХИМ УЗИ КУЛЛАСИН ИЛОХИМ.ЧЕМПИНЛИК НАСИБ ЭТСИН ИЛОХИМ ????????????????