U-20 Osiyo kubogi. O'zbekistonni mag'lub etgan Koreya Respublikasi penaltilar seriyasida yutqazdi va finalga chiqa olmadi

Narzulla Saydullayev
26 feb 2025
U-20 Osiyo kubogining birinchi yarim finali doirasidagi Saudiya Arabistoni - Koreya Respublikasi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni o'zbekistonlik Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishdi. Asosiy va qo'shimcha taymlarda hisob ochilmadi, g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi omadliroq bo'ldi va finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Chorak finalda O'zbekistonni penaltilar seriyasida mag'lub etgan Koreya Respublikasi esa yarim finalda to'xtashga majbur bo'ldi.

Ikkinchi yarim finalda Avstraliya va Yaponiya to'qnash kelishadi.


U-20 Osiyo kubogi, yarim final
Saudiya Arabistoni - Koreya Respublikasi 0:0
 (penaltilar seriyasi 3:2)
26.02.2025. Shenjen, "Shenjen yoshlar futbol mashg'ulot bazasi" stadioni.
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Ruslan Serazitdinov (ikkalasi O'zbekiston), Ismoil Nuraliev (Tojikiston), Zaid Tamer Muhammad, Haydar Abdulhasan Ali Ubaydi (ikkalasi Iroq)
VAR: Abdulloh Jamoli (Kuvayt)
AVAR: Ammar Ibrohim Mahfuz (Bahrayn)
Nazoratchi: Ryuji Sato (Yaponiya)
Komissar: Yoqubjon Sohibov (O'zbekiston).

Saudiya Arabistoni: 22.Hamed Abdullah Yusef, 6.Solih Al Barnavi, 9.Talal Hoji (23.Tamer Fathi Al Haybari, 79), 11.Saad Haqavi, 12.Navaf Abdulah Al Gulaymish, 13.Bassam Abdullah Hazazi, 14.Farhah Al Shamroni, 15.Amar Hamid Al Yuhaybi (7.Ali Xayrallah Al Mahdavi, 101), 16.Saud Mahmud Al Tumbikti, 17.Hussayn Al Raqvani (18.Ramiz Zaid Al Attar, 61), 19.Avad Muhsin Aman.
Zaxira: 1.Abdulloh Said Al Gamdi, 2.Sulton Abdulaziz, 3.Turki Al Madani, 20.Abdulmalik Al Harbi, 21.Abdularhmon Al Gamdi.

Koreya Respublikasi
: 23.Xon Syonmin, 2.Bae Xyunseo (11.Kan Juxeok,  118), 6.Kim Xojin, 7.Son Syonmin, 8.Sun Shin (13.Li Changvu, 98), 9.Xa Jeongvu (5.Kim Geol, 56), 12.Pak Seungnsu (22.Yun Duyong, 46), 14.Baek Minyu (15.Li Geonxi, 98), 16.Kim Seojin, 17.Jin Taexo (10.Kim Taevun, 56), 20.Shin Minxa.
Zaxira: 1.Pak Sanyun, 21.Kim Minsu, 3.Shim Eonvon, 4.Cho Xeonu, 18.Li Echan, 19.Kim Xyunvu.

Ogohlantirishlar
: Avad Muhsin Aman 9, Farhah Al Shamrani 87, Shin Sung 90+2.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Xursanbek Abduvaliyev
27 feb
Биздан анча кучли голландлар хам хар доим пеналтида ютказиб қўядию бизикилардан нега хафа бўласлар. Деярли хамма ўйинчиси кучли бешликда ўйнайди
Karnak
26 feb
Finalga chiqa olmadi deb o'zilarni ovutayabsizlarmi. Finlaga chiqmasa ham Jahon chempionatiga yo'llanma oldi.
MBBBB
26 feb
Qareya penaltida nonoq ekan ozbeklar ulardan battarroq ciqdi halos
Mukhammadali Tovboev
26 feb
Finalga chiqmagan bo'sayam JCHga chiqishdi. Bizayam roziydik shunaqa finalga chiqomasa
Futbol Uchun
26 feb
Ўзи корейслар пеналтиларни тепа олмас экан.Бизникилар пеналтида рухан кучсизлик қилишди.