Vinisius, Rafinya, Rodrigo, Ederson, Militao – Braziliyaning Venesuela va Urugvayga qarshi o'yinlar uchun tarkibi malum

Omonjon To`xtamirzayev
2 nov 2024
Braziliya terma jamoasi bo'lajak bellashuvlarga chaqiriladigan futbolchilar ro'yxatini malum qildi.

Braziliya terma jamoasi ustozi Dorival Junior 23 nafar futbolchidan iborat ro'yxatni elon qildi. Aynan shu futbolchilarga JCH saralashi doirasidagi Venesuela (14 noyabr) va Urugvayga (19 noyabr) qarshi uchrashuvlarda qatnashish uchun terma jamoaga taklif yuboriladi. 


"Real" hujumchisi Endrik bu safar yakuniy ro'yxatga kiritilmagan.

Darvozabonlar: Bento ("Al Nassr"), Ederson ("Manchester Siti"), Ueverton ("Palmeyras");

Himoyachilar: Danilo ("Yuventus"), Vanderson ("Monako"), Gilerme Arana ("Atletiko Mineyro"), Abner ("Lion"), Eder Militao ("Real Madrid"), Gabriel Magalyaes ("Arsenal"), Markinos "Pari Sen-Jermen"), Murilo ("Nottingem Forest");

Yarim himoyachilar: Andre ("Vulverxempton"), Andreas Pereyra ("Fulxem"), Bruno Gimaraes ("Nyukasl"), Jerson ("Flamengo"), Lukas Paketa ("Vest Xem"), Rafinya ("Barselona");

Hujumchilar: Estevan ("Palmeyras"), Rodrigo ("Real Madrid"), Luis Enrike ("Botafogo"), Igor Jezus ("Botafogo"), Savio ("Manchester Siti"), Vinisius Junior ("Real Madrid").


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: cbf.com.br

Izohlar

Asilbek Pulatov
2 nov 2024
Bu tarkib bn sovrin yutiw ancha qiyin bitta rafinyani uzi qiynaladi