"Xorazm" ikki nafar legionerni o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
9 feb 2025
Superliga jamoalari selekciya ishlarini davom ettirmoqda.

Bu yil elitada ishtirok etadigan "Xorazm" tarkibini kuchaytirish ishlariga jiddiy kirishgan. Narzulla Saydullaevning xabar berishicha klub "Andijon"ning ikki nafar legioneri tojikistonlik hujumchi Shahrom Samiev va serbiyalik Vladimir Bubanyani o'z safiga qo'shib olish arafasida turibdi. Bu ikki futbolchi o'tgan mavsum "burgutlar" bilan O'zbekiston kubogida zafar quchgan edi. 

Malumot uchun, Samiev Superligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol, 2 ta assist qayd etdi. Bubanya esa 24 ta o'yinda darvozalarga 4 ta to'p kiritdi va jamoadoshlarining 1 ta goliga assistentlik qildi. 


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Muhammadjon andijon pfc
9 feb
Andijonni tark etayotgan futbolchilarga yangi jamoasida omad . Eng kamida yana kubog yutishsin.
насрилло
9 feb
Хоразм жудаям кучаебди!!!
TEMUR
9 feb
bu bubanya deganlari mashennik umuman kerakmas Xorazmga Xorazm esingni yigʻ Bogʻot Yangibozor Urganchda Fudbol maktablari bor chiqsa oʻsha yerdan chiqsin talantlar yoʻqsa umuman fudbol kerakmas bizga
Кахрамон Карриев
9 feb
Олга Хоразм