"Xorazm" keyingi ikki uy o'yinini safarda o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
7 apr 2025
Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Superliga 5-turini "Xorazm" Olmaliqda, 6-turni Toshkentda "Bunyodkor" maydonida o'tkazadi. Klublar bu masala bo'yicha o'zaro kelishib oldi. 

Unga ko'ra, OKMK va "Bunyodkor" rasmiy uchrashuvni reglament asosida tashkil etish bo'yicha barcha chorani ko'radi va "Xorazm" klubiga sharoit yaratish ustida ishlaydi. Uchrashuv tashkil etish bilan bog'liq har qanday kamchilik uchun bevosita OKMK va "Bunyodkor" klublari javobgar bo'ladi. 

Shuningdek, U-21 jamoalari ishtirokidagi bellashuvlar uchun ham mazkur kelishuv amalda bo'ladi. Mavjud holat va sharoitdan kelib chiqib, "Xorazm" U-21 – "Bunyodkor" U-21 o'yini 19 aprel emas, balki 17 aprel kuni tashkil etiladi. Bunda "Xorazm" yoshlarining bir safar davomida Olmaliq va Toshkentda uchrashuvlar o'tkazishi taminlanadi. 

Malumot uchun, "Xorazm" asosiy tarkibi 13 aprel kuni OKMK va 18 aprel kuni "Bunyodkor" bilan o'yin o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: pfl.uz

Izohlar

Rajabov1899
7 apr
Mezbon sifatidami yoki mehmon
Жахонгир-9
7 apr
Ўз уйига эга бўлмагунча Жамоалар юкори ўринлардан умидини узса булади.Ўз майдонида ўйнамаган жамоа нари борса 10 таликда юради.Хоразмнинг хам такдири шунга ўхшаш булади агар Ўз майдонига эга булмаса.
Olmaliq.uz
7 apr
Oʻz uyida mehmon boʻlarkanda jamoamiz)))
Тож
7 apr
Футбол хам кириб кетди бир жойларга. Вилоятда мухлисларни кўпайтириш учун жамоалар олинди. Аиалда эса ўйинлар марказлашган ҳолда Тошкентда ўтказиляпти. Маъно қолмади.
Javlon Shakirov
8 apr
Assalomu Aleykum, Xorazmni stadioni PFL talabiga binoan qayta rekanstruksiya bo'lyabdi gazon tabiydan suniyga almashtirilyabdi In Sha Alloh oz qoldi deyishyabdi Var tizimi xam endi keladi chet eldan ozgina Sabr, Xorazmni Super ligaga chiqishi kutilmaganda bo'ldi bu tarafini do'g'ri tushunasila Xorazmdan Salom