Xvicha joriy mavsum uchinchi bor A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu liga rekordi sanaladi

Оқил Абдубарноев
30 mar 2023
Xvicha Kvaracxeliya A seriyada mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Yarim himoyachi muxlislarning ovoz berish natijalariga ko'ra “Napoli”dagi jamoadoshi Kim Min Chje, “Sassuolo” yarim himoyachisi Armand Loryante, “Yuventus” yarim himoyachisi Adrien Rabo va “Udineze” himoyachisi Destini Udojini ortda qoldirdi.

Kvaracxeliya A Seriyaning bir mavsumida uch marta oyning eng yaxshi o'yinchisi sovrinini qo'lga kiritgan ilk futbolchi bo'lib, bu borada rekord o'rnatdi, futbolchi fevral va avgust oylarida ham ushbu sovrinni qo'lga kiritgandi. Mart oyidagi sovrin unga 2 aprel kuni "Napoli"ning "Milan"ga qarshi o'yinidan oldin topshiriladi.

Mart oyida Xvicha Italiya chempionatida 3 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: legaseriea.it

Izohlar

Striker
30 mar 2023
Ёндиряптида А серияни
Haqiqat-2
30 mar 2023
Агар шу темпда давом этса ва уйинини йукотиб куймаса, ОТни аник олади. Агар Наполи бу йил ЧЛни ютолса, ОТнинг учлик даьвогар руйхатига кирса керак
Ррр
30 mar 2023
Зато бизни юлдузча банкада утириш буйича янги рекорд куяди хар куни.
Ррр
30 mar 2023
Мана шу Хвича очик жавоб шомуродовни курмуридларига. Уйнаса болади. Лекин хохиш йок. Чунки минг килмасаям тугилиб усган минталитетига боглик.