Yaponiya TJ sobiq azosi bosh miyasidagi operaciyadan keyin 32 yoshida vafot etdi

Eldor Akmurzayev
23 oct 2022
“Tegevaxaro Miyadzaki” forvardi Masato Kudo 32 yoshida olamdan o'tdi.

Hujumchida gidrocefaliya (miyada suyuqlik yig'ilishi) aniqlangan va u 3 oktyabrda shifoxonaga yotqizilgandi. Jarrohlik amaliyotidan keyin Kudo reanimaciya bo'limiga o'tkazilgan va juma kuni vafot etgan.

Masaro Kudo futbolchilik faoliyati davomida “Kashiva Reysol”, “Vankuver Uaytkeps”, “Sanfrechche Xirosima”, “Renofa Yamaguti” hamda “Brisben Roar” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u 2010 yil Yaponiya U-23 safida Osiyo o'yinlarida bronza medalini qo'lga kiritgan va asosiy termada 4 ta uchrashuvda (2 ta gol) maydonga tushgan.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: sportbox.ru

Izohlar