"Yuventus" Ronaldu oldidagi qarzini to'lamoqchi emas

Sherzod Nurmatov
6 oct 2023
Hozircha sud bu ish bo'yicha hukm chiqarmagan.

"Al Nassr"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining sobiq jamoasi Italiyaning "Yuventus" klubi bilan arbitraj sudida kelisha olmadi. Ular futbolchiga pandemiya davrida qolib ketgan pulini to'lashlari kerak edi. Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.

Klub vakillari Italiya Futbol Federaciyasi (FIGC) arbitraj kengashi tinglovida Ronaldu rasmiy kelishuvda rasmiylashtirilmagan to'lovlarni talab qila olmasligini aytishdi. Yakuniy hukm bir oy ichida chiqishi kutilmoqda.

Avvalroq futbolchi o'zaro kelishuvga ko'ra, karantin vaqtida muzlatilgan va to'lanmagan holda qolgan 20 million evroga yaqin mablag'NI olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

38 yoshli Ronaldu 2018 yildan 2021 yilgacha "Yuventus"da o'ynagan va 134 TA o'yinda 101 ta gol urgan va 22 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Football Italia

Izohlar

Мирзохон
6 oct 2023
қойил лекин статистикаси даҳшатли! 134 та ўйин 101 гол, 21 та голли пас. Ундан анча ёш юлдузлар ҳам бу статистикани фақат ва фақат орзу қилишади, тушидаям етишолмайди. Заҳира ўриндиғини иситиб ўтирибди холос.
A.Qosimov AC Milan
6 oct 2023
Pandemiya paytida ko'plab klublar qiynalib qolgan Yuventus ham 30 mlnlik maoshini qanchadur qismini to'lab 20 mlnni keyin berishga og'zaki kelishgan hujjatlashtirib qo'yilmagan ko'rinadi.Keyin Yuventus batamom Ronaldu oyligini to'lashga qiynalib qoldi va 15 mlnga (taxminan)M Yunaytedga sotib yubordi.Bu transferdan faqat A seriya yutdi deya olamiz Krishtianu kelgach qiziqish oshgan.
M-citi✓As Milan
6 oct 2023
Ranalduyam ozimizi ozbekmi diymanda xecham pulga toymasakan
football4fans
6 oct 2023
Shu shartnomadan Juve ham Ronaldu ham afsuslansa kerak.
ArsaBarsa
6 oct 2023
Har bir ishga mehnatiga yarasha pul olinishi kerak deb hisoblayman. Odamni haqqi bu