Foydalanuvchi shartnomasi

Ushbu Foydalanuvchi shartnomasi (bundan keyin - Shartnoma) CHAMPIONAT.asia saytidan (bundan keyin - Sayt) foydalanish shartlarini belgilaydi. Sayt manzili: https://championat.asia.

Har bir foydalanuvchi ushbu matn bilan diqqat bilan tanishishi lozim. Agar siz quyidagi shartlardan biriga ham rozi bo'lmasangiz, Saytdan foydalanishdan voz kechishingiz kerak.

1. Ro'yxatdan o'tish

1.1. Foydalanuvchi Saytda ro'yxatdan o'tish imkoniyatiga ega. Muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tish sharti - malumotlarning haqqoniy kiritilishi. Foydalanuvchi o'z avtorizaciya malumotlarini uchinchi shaxslarga bermasligi shart.

1.2. Ro'yxatdan o'tish vaqtida foydalanuvchi unikal nikneym (boshqa foydalanuvchi tomonidan band qilinmagan) tanlashi kerak. Nikneym saytdagi izohlarda namoyon bo'ladi. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng nikneymni o'zgartirish mumkin emas.

2. Sayt kontenti va undan foydalanish huquqi

2.1. CHAMPIONAT.asia - butun dunyodagi o'zbek tilida so'zlashuvchi foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan sport saytidir.

2.2. Saytda futbol yangiliklari, statistika, foto va video materiallar chop etiladi.

2.3. Sayt sahifalarida reklama tarmoqlari kodlari joylashtirilgan bo'lishi mumkin, natijada turli, jumladan, qimor mavzusidagi bannerlar chiqishi mumkin. Foydalanuvchi bundan xabardor va rozi ekanini tasdiqlaydi. Agar bunday reklama materiallarini ko'rishga qarshi bo'lsa, Saytdan foydalanishni to'xtatishi shart.

2.4. Sayt “shunday holatda” taqdim etiladi - yani, foydalanish natijalari foydalanuvchi kutayotgan natijaga mos kelishiga kafolat berilmaydi.

2.5. Foydalanuvchi Saytdan foydalanish bilan bog'liq barcha oqibatlarni qabul qiladi va xavflarni mustaqil ravishda zimmasiga oladi.

3. Foydalanuvchining huquq va majburiyatlari

3.1. Quyidagi malumotlarni joylashtirish qatiyan taqiqlanadi:

  • qonunbuzarlikka chaqiruvlar;

  • millatlararo yoki dinlararo adovat qo'zg'atuvchi materiallar;

  • irqchilik xarakteridagi fikrlar;

  • yolg'on, haqoratli, haddan tashqari yoki odobsiz malumotlar.

3.2. Malumot joylashtirish orqali foydalanuvchi uning huquqiy tozaligi uchun javobgar ekanini kafolatlaydi. Uning materiallari va xatti-harakatlari uchun faqat o'zi javob beradi.

3.3. Sayt ishlashini buzish yoki foydalanishni qiyinlashtiradigan har qanday harakat taqiqlanadi, jumladan, avtomatik malumot yig'ish, ko'chirish va tarqatish. Bunday harakatlar uchun jinoiy va fuqarolik javobgarligi belgilangan.

3.4. Foydalanuvchi boshqa shaxslarning roziligisiz ularni ro'yxatdan o'tkazishga haqli emas.

4. Foydalanuvchi tomonidan joylashtiriladigan malumot

4.1. Foydalanuvchi Shartnomaning 3.1 va 3.2 bandlariga rioya qilgan holda xabarlarga izoh qoldirishi mumkin.

5. Foydalanuvchilarga nisbatan qo'llaniladigan sankciyalar

5.1. Sayt mamuriyati Shartnoma shartlarini buzuvchi malumotlarni ogohlantirishsiz o'chirish, hamda Shartnomani buzgan foydalanuvchilarga nisbatan vaqtincha yoki abadiy bloklov kabi sankciyalar qo'llash huquqini o'zida saqlab qoladi.

Bloklangan foydalanuvchi tizimga kirishi (avtorizaciyadan o'tishi) mumkin, ammo izoh qoldirish huquqiga ega bo'lmaydi.

6. Yakuniy qoidalar

6.1. Shartnoma har qanday vaqtda o'zgartirilishi mumkin. Yangi tahrir Saytda elon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Tahrir sanasi: sentyabr 2025 yil