

"Anji" yakshanba kuni katta ehtimol bilan "Anji-Arena"dagi so'nggi o'yinini o'tkazadi. Keyin nima bo'lishi noma'lum.
Stadiondagi klubning ofisi muxrlab qo'yilgan. Hech qayerda mashg'ulot qilib bo'lmaydi. Navbatdagi o'yinlar qayerda bo'lishi noma'lum.
Dog'istonda yana bir stadion bor - "Dinamo". Bu yerda "Legion" jamoasi o'ynaydi. Endi bizga to'g'ri keladigan variant Grozniyda bor.
Shuningdek, klub akademiyasi ham yopildi. "Anji" o'zining yosh gladiatorlaridan ayrildi. Klubda 10 kishigina ishlamoqdamiz va kimlarningdir yordamiga muxtojmiz", - deb yozadi Rasulov.



