13 yanvar kuni OCHL va OFK kubogiga qur'a tashlanadi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2021
Xabarlarga qaraganda, 13 yanvarda Osiyo Chempionlar ligasi 2022 yilgi mavsumiga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.

Shu kuni dastlab pley-off bosqichiga, keyin esa guruh bahslariga, shuningdek, OFK kubogi uchun qur'a tashlanadi. Qur'a marosimi ananaga muvofiq OFK qarorgohi joylashgan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida onlayn tarzda bo'lib o'tadi.

Xabaringiz bor, ayni paytda OCHLda O'zbekiston klublariga 1+1 kvota ajratilgan.

2022 yilgi mavsumda "Paxtakor" mamlakat chempioni sifatida to'g'ridan-to'g'ri guruh bahslarida qatnashadi, kubok sohibi "Nasaf" esa saralash bosqichida ishtirok etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia