

Karlo Anchelotti jamoasi Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tayyorlagan 700ta klubdan iborat ro'yxatda birinchi o'rinni egalladi.
"Qirollik klubi" beshinchi marta IFFHS talqini bo'yicha eng yaxshi bo'ldi - oxirgi marta ular 2000, 2002, 2014 va 2017 yillarda ushbu nom ularga topshirilgan.
"Real" 2024 yilda 5ta sovrin yutdi: Chempionlar ligasi, LaLiga, Ispaniya Superkubogi, UEFA Superkubogi va Qitalararo Kubogi.



