25-27 avgust kunlari "Islom Karimov" xotira turniri bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
22 avg 2017
"Championat.asia" va "JFL" bolalar futbol klubi tashabbusi bilan 3 kun davomida 2008 va 2009 yillarda tavallud topgan yosh charm to'p ustalari o'rtasida futbol festivali bo'lib o'tadi.

Unda 4tadan, jami 8ta jamoa ishtirok etadi.

2008 yilda tavallud topgan jamoalar: "Nasaf" (Qashqadaryo), "Metallurg" (Bekobod), "Paxtakor" (Toshkent), "JFL" (Toshkent).
2009 yilda tavallud topgan jamoalar: BO'SM-2, "Lokomotiv", "Spartak", "JFL" (barchasi Toshkent).

Musobaqa taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan:

25 avgust (juma)
10:00. "JFL" - "Spartak"
11:00. "Lokomotiv" - BO'SM-2

26 avgust (shanba)
10:00. BO'SM-2 - "JFL"
11:00. "Lokomotiv" - "Spartak"

27 avgust (yakshanba)

10:00. "JFL" - "Lokomotiv"
11:00.  "Spartak" - BO'SM-2

25 avgust (juma)
16:00. "Nasaf" - "Bekobod"
17:00. "JFL" - "Paxtakor"

26 avgust (shanba)

16:00. "Nasaf" - "Paxtakor"
17:00. "Metallurg" - "JFL"

27 avgust (yakshanba)
16:00. "JFL" - "Nasaf"
17:00. "Paxtakor" - "Metallurg"

Musobaqa homiysi "Oreo" va "Start" savdo belgisi. Uchrshuvning "eng yaxshi futbolchisi" sovrini homiysi "China Shashlik" restorani.

"O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentini xotirlash barchamizning burchimiz. Ilk musobaqamizni boshlab olsak, keyingi yildan boshlab "Kelajak Yulduzlari"ga o'xshab bu turnirni ham geografiyasini kengaytirib boramiz. Birinchi musobaqada ikki yosh toifasida, to'rttadan jamoalar qatnashadilar", - deydi musobaqa tashkilotchisi Nodirxo'ja Yuldashev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia