40 yillik taqiqdan so'ng, ayollar Eron milliy terma jamoasining o'yinini ko'rish uchun stadionga kiritildi

JCH-2022 saralash bosqichida Eron o'z maydonida Kambodjaga istaganicha gol urdi.

Uchrashuvda eronlik ayol muxlislar 40 yillik taqiqdan so'ng yana futbol ko'rish uchun stadionga kirish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ushbu jihat ham eronlik futbolchilarni ruxlantirib yuborgan bo'lishi mumkin. Eron mazkur uchrashuvda Kambodja darvozasiga javobsiz 14 ta gol kiritdi, Azmun xet-trikka erishdi. 

Eron – Kambodja 14:0 (7:0, 7:0)

10 oktyabr, 18.30, Azadi Stadium

Gollar: 1:0 – 5 Nurollaxi, 2:0 – 11 Azmun, 3:0 – 18 Kanaanizadegan, 4:0 – 22 Taremi, 5:0 – 35 Azmun, 6:0 – 40 Ansarifard, 7:0 – 44 Azmun, 8:0 – 48 Ansarifard, 9:0 – 54 Taremi, 10:0 – 60 Ansarifard, 11:0 – 65 Mohebi, 12:0 – 67 Mohebi, 13:0 – 85 Moxammadi, 14:0 – 88 Ansarifard.

Eron – Beyranvand, Kanaanizadegan, Puraligandji, Moxammadi, Rezayan, Mohebi (Moxammadi, 72), Nurollaxi, Xadjsafi, Taremi, Azmun (Shodjaei, 57), Ansarifard.



Muqova: championat.asia

Izohlar

Hello Uzbekistan
11 oct 2019
Эрларига гол урмасанг уйга кема дейишганми нима бало
Жураев.А.
10 oct 2019
Аcаби бошлар кормаcин, +18... Буёги махалла футболи боп кетипти энди. Озиям бугун жа баракали кун болди Оcиё китъаcида.
fanat germany
10 oct 2019
Umuman olganda Kambodja Nepal Shri Lanka Sharqiy Timor Butan Bangladeshlarni saralashga qo'ymaslik kerak... Iloji bo'lsa Osiyoda birato'la reytingi yuqori jamoalardan ikkita gruppa tuzib o'yinlar o'tkazish kerak...
Hamidulla Yakubdjanov
10 oct 2019
Sport tv saudiyani olib beramiz deb wayodi avstrliyanini o'ynini olib. Bervotti
Lawyer
10 oct 2019
Аёлларга нима бор эркакларни ичида стадионда?
new smartphone
10 oct 2019
Юрий Джоркайф ФИФА : Мен Эронга айолларни кузатиш учун кедим ва анча мунча айолларни куриб мазза килдим хаммаси ажойиб экан.
Boy aka
10 oct 2019
Бир ўйинда иккита сухой
Sisen
10 oct 2019
Кизлар караб турса зур уйнайсан. Хаммада шунаками?
football4fans
10 oct 2019
Ha shuning uchun ekanda bu hisob ))
Muhammadxon Mamatov
10 oct 2019
Yirik xisobdan kn yana 11 ta gol urdi mana nima uchun Abramov xursand emas
Ko'proq ko'rsatish