41 yoshli Tiago Silva Yevropaga qaytishga tayyor

Sherzod Nurmatov
15 dek 2025
Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Fluminense" himoyachisi Tiago Silva klub bilan shartnomasini uzaytirmaydi.

"Globo" ma'lumotlariga ko'ra, 41 yoshli braziliyalik futbolchi Yevropaga qaytishni istamoqda va tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Silvaning "Fluminense" bilan kelishuvi 2026 yilning yozida yakunlanadi. U Yevropa qitasida "Chelsi", PSJ va "Milan" jamoalari safida to'p tepgan. 

Silva 2025/26 yilgi mavsum 46 o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo