5 tagina o'yinda maydonga tushgan Yangi Zelandiya JCH-2026ga chiqdi!

Narzulla Saydullayev
24 mar 2025
Bugun 2026 yilgi Jahon chempionatiga saralash orqali yo'llanma olgan ikkinchi terma jamoa nomi malum bo'ldi.

OKEANIYA mintaqasi final uchrashuvida Yangi Kaledoniya va Yangi Zelandiya o'zaro to'qnash keldi. Uchrashuvda Yangi Zelandiya 3:0 hisobida zafar quchdi va o'z tarixida uchinchi marta mundialga yo'llanmani qo'lga kiritdi.




Etiborlisi, Okeaniya mintaqasida terma jamoalar kamligi bois Yangi Zelandiya saralashda jami 5 ta o'yin o'tkazdi. Guruhda 3 ta, yarim final va finalda 1 tadan. Kris Vud boshchiligidagi jamoa 5 ta o'yinning barchasida g'alaba qozonishdi va raqiblar darvozasiga 29 ta gol urib, 1 tagina to'p o'tkazib yuborishdi. Ayni paytda bu jamoani angliyalik 52 yoshli murabbiy Darren Bizli boshqarib bormoqda.

Malumot uchun, Yangi Zelandiya 1982 va 2010 yilgi Jahon chempionatlarda ishtirok etgan.

Bugun mag'lub bo'lgan Yangi Kaledoniyada ham yo'llanma uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Bu terma jamoa endi 2026 yilgi qitalararo pley-off bosqichida ishtirok etadi.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Mansur Sadatov
24 mar
Yangi Zelandiyaning kuch saviyasi Avistiraliyaday jamoa.
M.B
24 mar
Таитию Фиджиларга Узбекистон чемпионатини исталган жамоаси камида 5та урса керак Янги Зеландияга яхши мухлислари ютишини эмас нечта гол уришини кутишади
{ CHELSEA }
24 mar
Okeaniyada Yangi Zelandiyaga raqobatchi yoʻq... Kvotani oshirsa boʻlardi...
GALAKTICOS
24 mar
Okeaniya uchun 1,5 ta kvota ham koʻp aslida
yuventus champion
24 mar
Кандай мазза. Австралия кетиб бемалол Жч чемпионатига чика беради.