

Forvard mamlakatning ikkinchi darajali chempionatida "Kusacu" darvozasini ishg'ol qildi va jamoasiga muhim 3 ochkoni keltirdi (1:0).
26 fevral kuni 50 yoshga to'lgan Miura dunyodagi eng keksa futbolchi hisoblanadi.
Miura faoliyatini 1986 yil Braziliyaning "Santos" klubida boshlagan. U Yevropada "Jenoa" va Zagrebning "Dinamo" klublari sharafini himoya qilgan.
Miura 2005 yilda, 38 yoshlida "Yokogama"ga o'tgan. U milliy jamoadagi 89 ta uchrashuvida 55 ta gol urgan va 17 yil avval Yaponiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.

