"8+3". Artur Gevorkyanning Rivaldo va Cherandan ustun tomonini bilasizmi? (5-son)

"8+3" rukni davom etadi. Bu gal AGMK jamoasida faoliyat yuritayotgan taniqli jurnalist va insayder Shahboz Beg'amov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8ta, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim? 

- Afsonaviy Zafar Xolmurodov.

- Tarixdagi eng kuchli jamoa (yoki terma jamoa) sifatida qaysini ko'rsata olasiz?  

- "Barselona"-2011, "Bavariya"-2013, Germaniya-2014, "Bavariya"-2020

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi? 

- Kamoliddin Kenjaevning "Qizilqum" darvozasiga urgan goli.

- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim?  

- Tomas Myuller va Joze Mourinyu.

- O'zbek futboli qiroli sifatida kimni ko'rsatasiz?

- Mirjalol Qosimov.

- Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi? 

- 2010-2015 yillardagi terma jamoa.

- O'zbekiston chempionatlarida o'ynagan eng kuchli xorijlik o'yinchi kim? 

- Nom jihatdan Rivaldo. O'yin taraflama Dragan Cheran, natijalari etibori bilan deyarli barcha yutuqqa erishgan Artur Gevorkyan.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering. 

- Jahon va o'zbek futbolchilaridan aralash men yoqtirgan o'yin uslubiga mos futbolchilarni tanlayman: Noyer - Kamoliddin Kenjaev, Jerom Boateng, Sherzod Azamov, Filipp Lam - Bastian Shvaynshtayger, Mirjalol Qosimov - Aren Robben, Tomas Myuller, Alessandro Del pero - Zafar Xolmurodov. Bosh murabbiy: Yupp Xaynkes.

- Yoqtirgan kitob yoki kinongizning nomini ayting (va bitta qahramon). 

- "Shaytanat" va "Kichkina tabib". Asadbek.

- Siz uchun baxt nimadan iborat? 

- Tinchlik, salomatlik va oilaviy xotirjamlik.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz? 

- 2006 yili mart oyida boshlab sodir bo'lgan voqealar.

"8+3". "To'lagan Isoqov - futbolimiz qiroli" (4-son)


Muqova: championat.asia

Izohlar

"Булунгур"
29 oct 2021
Ана шунакаларга колган узбек футболини еритиш......жавоблари лол колдирди.....болалар богчаси
Toxirbek Nematov
7 nov 2021
Bavariya uyinchilariga urdirgan
Dimkaaaa
28 oct 2021
Бунга кизил беришинг керак эди Эрматов
Saidjon Erkaev
28 oct 2021
Ы
Zakir Mirzayev
28 oct 2021
Артур Геворкяннинг Ривалдо ва Черандан устун томони мақоланинг қаерида ёзилган, мен тополмадим