A Seriya. Bugun Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" "Inter"ni o'z maydonida qabul qiladi

Alisher
24 okt 2020
Bugun Italiya A Seriyasi 5-tur doirasidagi "Jenoa" - "Inter" o'yini bo'lib o'tadi.

Eldor Shomurodovning "Inter"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlashi 50ga 50. Negaki Italiyaning yirik nashrlaridan biri football-italia.net hamyurtimizni taxminiy asosiy tarkibga kiritmagan, La Gazetta dello Sport esa aksincha o'zbekistonlik forvardning dastlabki daqiqalardan maydonda o'ynashini taxmin qilgan.

Mezbonlar o'tgan 3 o'yindan so'ng 1ta g'alaba, 1ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etishgan. Milanliklar hisobida esa 4ta o'yindan so'ng 7 ochko (2ta g'alaba, 1ta durang va 1ta mag'lubiyat) bor.

Eslatib o'tamiz, "Jenoa" - "Inter" o'yini Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi. O'yin saytimiz tomonidan matnli translyatsiya qilinadi.


ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING



AlisherMuallif
Manba: championat.asia