A Seriya. “Kalyari“ mehmonda muhim g'alabani qo'lga kiritib, deyarli A Seriyada qolishni kafolatladi. Shomurodov 45 daqiqa harakat qildi

Khoja
19 may 2024
Italiya A Seriyasi 37-tur doirasidagi "Sassuolo" - "Kalyari" o'yini yakunlandi.


"Sassuolo" - "Kalyari 0:2 



"Sassuolo":
Konsili, Missori, Ferrari, Erlich, Ruan, Doyg, Rachich, Mateus Enrike, Torstvedt, Loryante, Pinamonti.

"Kalyari": Skuffet, Dzappa, Mina, Dossena, Audjello, Deyola, Nandes, Gaetano, Sulemana, Lapadula, Shomurodov.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+3. Chetlatish: Mateus Enrike juda qo'pol o'ynadi va chetlatildi

90+1. GOOOOOL. Lapadula hisobni o'zgartirmoqda

Hakam 2-bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi

90. Mehmonlar himoyachi juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, to'pni esa Lapadula ilib ketdi, biroq Kumbula o'z maydonchasining ichida yiqitdi

87. Ibragim Sulemana bahsga nuqta qo'yishi mumkin edi, biroq mehmonlar yarim himoyachining zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

78. Uchrashuvda hisob ochilganidan so'ng Sassuolo futbolchilari ancha asabiy o'yin ko'rsatishmoqda

71. GOOOOOOL. Zaxiradan maydonga tushgan Matteo Prati hisobni ochmoqda

66. Andrea Pinamontining chalqancha yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

64. Hakam mehmonlar foydasiga penalti belgiladi, biroq yon hakam vaziyatda ofsayd bor ekanligini malum qildi

61. Ogohlantirish: Alessandro Deyola hakam tomonidan ogohlantirildi

59. Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyat yaratildi. Gabriele Dzappaining kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

57. Burchak zarbasidan so'ng mehmonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi, so'nggi soniyalarda raqib himoyachisi to'pni chiqarib yubordi

56. Ikkinchi bo'limda Sassuolo hujum qilishda qiyinchilikka uchramoqda. Burchakdan uzatilgan to'pni raqib qiyinchiliksiz qaytarmoqda.

50. Shomurodovning o'rniga maydonga tushgan Luvumbuda yaxshi imkoniyat bo'ldi, biroq uning zarbasi himoyachiga tegmoqda

47. Alessandro Deyolaning zarbasi himoyachiga tegdi, mehmonlarda burchak zarbasi

46. O'zgarish: Eldor Shomurodov uchun bahs yakunlandi. Hamyurtimiz ikkinchi bo'limda o'z o'rnini Zitu Luvumbu bo'shatib berdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi

43. Shomurodovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

42. Uchrashuv juda sokin o'tmoqda. Hech bir jamoa xavfli hujum tashkil qilish haqida o'ylamayapti ham

37. Janluka Lapadulaning ajoyib zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

32. Shomurodovda yana bir imkoniyat. Bu safargi zarba ancha yaxshi chiqdi, biroq bu safar ham noaniq

30. Eldor Shomurodov boshi bilan yo'llagan zarbasi o'xshamadi.

26. Mehmonlar ham xavfli hujum tashkil qilishdi, biroq raqib himoyasi o'z o'rnida

25. Sassuolo hisobni ochishi mumkin edi, biroq Pinamontining boshi bilan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

24. Shomurodov yaxshi poziciyada bo'lishiga qaramasdan Sulemana to'pni unga uzatmadi

20. Eldor Shomurodov maydon markaziyda yaxshi harakat qildi va to'pni jamoasiga olib berdi, biroq bir daqiqadan so'ng Shomurodovning o'zi maydon markazida to'pni oldirib qo'ydi va endi mezbonlarda burchak zarbasi

19. O'zgarish: Erlichning o'rniga Kumbulla maydonga tushmoqda. Bu mezbonlar himoyasi uchun katta yo'qotish hisoblanadi

18. Hozircha Kalyarining hujumdagi ishlari umuman o'xshamayapti

15. Pinamontining yo'llagan zarbasi juda sekin va noaniq chiqdi

14. Bugungi uchrashuvdagi g'alaba ko'proq mezbonlarga kerak bo'lgani uchun ular ko'proq hujum tashkil etishga harakat qilishmoqda

9. Jarimadan uzatilgan to'pni Shomurodov zarba berishga urinib ko'rdi, biroq uning zarbasi himoyachiga tegmoqda

7. Lapadulani Sassuolo himoyachisi o'z maydonchasining ichida yiqitdi. Hakam esa penalti yo'q deb hisobladi 

Malumot uchun, 36-tur yakuniga ko'ra Sassuolo 29 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog'onasida ketmoqda. Shomurodovning jamoasida esa ochkolar soni 33 tani tashkil qilmoqda. Ular hozirda turnir jadvalining 16-pog'onasida ketishmoqda. Kalyarining bugungi g'alabasi jamoani deyarli A Seriyada olib qoladi

4. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida to'p asosan markazda bo'lmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI! Bo'laja bahsda O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovga omad tilab qolamiz 


KhojaMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

UmiD_0701
19 may 2024
Линк ташаб берила куришга
Karim Benzema
19 may 2024
https://youtube.com/live/ilB-PhhnJ3I?feature=share
navbarcelona
19 may 2024
https://www.youtube.com/live/ilB-PhhnJ3I?si=MNrtHsMqnsXgiQq7
Forrest Gump
19 may 2024
Shomurodov zahiraga olindi, sekin boshqa kanalga osamam bo’ladi endi ))
jahongir_6363
19 may 2024
Boldi tugadi biz uchun oyin)