Xorvatiya terma jamoasi Evro-2024 uchun tarkibini taqdim etdi

Sherzod Nurmatov
20 may 2024
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich jamoasining 2024 yilgi Yevropa chempionati uchun dastlabki tarkibini ma'lum qildi.

Darvozabonlar: Dominik Livakovich ("Fenerbaxche"), Ivica Ivushich ("Pafos"), Nedilko Labrovich ("Rieka").

Himoyachilar: Domagoy Vida (AEK), Yosip Yuranovich ("Union"), Yoshko Gvardiol ("Manchester Siti"), Borna Sosa ("Ayaks"), Yosip Stanishich ("Bayer"), Yosip Shutalo ("Ayaks"), Martin Erlich ("Sassuolo"), Marin Pongrachich ("Lechche").

Yarim himoyachilar: Luka Modrich ("Real"), Mateo Kovachich ("Manchester Siti"), Marselo Brozovich ("Al Nassr"), Mario Pashalich ("Atalanta"), Nikola Vlashich ("Torino"), Lovro Mayer ("Volfsburg"), Luka Ivanushec ("Feyenoord"), Luka Suchich ("Zalcburg"), Martin Baturina ("Dinamo" Zagreb).

Hujumchilar: Ivan Perishich ("Xayduk"), Andrey Kramarich ("Xoffenxaym"), Bruno Petkovich ("Dinamo" Zagreb), Marko Pyaca ("Rieka"), Ante Budimir ("Osasuna"), Marko Pashalich ("Rieka").

E'lon qilingan qo'shimcha futbolchilar orasida Borna Barishich ("Reynjers"), Due Chaleta-Car ("Lion"), Kristiyan Yakich ("Augsburg"), Dominik Kotarski (PAOK), Toni Fruk ("Rieka"), Marin Lyubichich (LASK), Igor Matanovich ("Karlsrue"), Niko Sigur ("Xayduk") va Petar Suchich ("Dinamo" Zagreb)ni ko'rish mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BeSoccer