"Manchester Siti" 100 million evro evaziga yangi yarim himoyachi topdi

"Manchester Siti" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Andersonni transfer qilish ustida faol ishlamoqda.

"Shaharliklar" o'yinchi ularning tizimiga mukammal mos kelishiga ishonishadi. Futbolchining o'zi "Etihod"ga o'tishga ijobiy qaraydi. Andersonning transfer summasi 100 million evroga baholanmoqda.

Bu mavsumda Elliot Anderson "Nottingem Forest" safida 41 ta o'yin o'tkazdi. Yarim himoyachi hisobida "gol+pas" tizimi bo'yicha "2+3" bor.


Manba: fichajes.com