

"Manchester Yunayted" o'z maydonida "Lids" jamoasini qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
"Manchester Yunayted" - "Lids" 1:2
Gollar: Noa Okafor 5 (0:1), Noa Okafor 29 (0:2), Kazemiro 69 (1:2).
Chetlatish: Lisandro Martines 56 (to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka).
"Manchester Yunayted”: 31. Lammens, 3. Mazraui, 6. Martines, 15. Yoro, 23. Shou, 25. Ugarte, 18. Kazemiro, 8. B. Fernandesh (S), 16. Amad, 10. Kunya, 30. Sheshko.
Zaxira: Bayindir, Dalot, Xeven, Malasiya, Maunt, T. Fletcher, Leysi, Mbeumo, Zirkze.
"Lids": 26. Darlou, 2. Bogl, 3. Gudmundsson, 5. Stryoyk, 15. Biyol, 24. Jastin, 4. Ampadu, 22. Tanaka, 11. Aaronson, 19. Okafor, 9. Kalvert-Lyuin.
Zaxira: Perri, Bayram, Bornauv, Longstaff, Gruev, Gnonto, Buonanotte, Piru, Nmecha.
Pol Tirni boshchiligidagi hakamlar boshqarib borgan uchrashuv mehmonlar uchun juda muvaffaqiyatli boshlandi. Noa Okafor 5 va 29-daqiqalarda ikkita gol urib, "Lids"ning ishonchli ustunligini taminladi.
Ikkinchi bo'limda "qizil iblislar"ning ahvoli yanada og'irlashdi: 56-daqiqada himoyachi Lisandro Martines qo'polligi uchun maydondan chetlatildi. Bir kishi kam bo'lib qolgan mezbonlar 69-daqiqada Kazemironing goli evaziga farqni qisqartirishdi, biroq muvozanatni tiklashga kuchlari yetmadi.
Turnir jadvalidagi holat
Ushbu mag'lubiyatga qaramay, "Manchester Yunayted" 55 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinda qoldi. "Lids" esa muhim g'alabadan so'ng ochkolarini 36 taga etkazib, 15-pog'onaga ko'tarilib oldi.



